Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Bo‘
ғin. Takt bo‘ғinlardan tashkil topadi. Bo‘ғin bir yoki bir necha tovushdan tashkil topib, 
bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‘
ғin asosan unli tovush bilan boshlanadi. 
Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi. U uch aspektda o‘rganiladi: akustik, fiziologik, 
fonologik.
Fizikada tovush to‘
ғrisidagi umumiy nazariya akustika deb ataladi. Akustika har qanday 
tovushlarning, jumladan nutq tovushlarning quyidagi belgilarini farqlaydi: 
1) akustika tovush kuchi, ya`ni tebranish chegarasiga bo
ғliqdir; 
2) tovushlarning past balandligi tebranish tezligiga, ya`ni bir sekundda bo‘ladigan tebranish 
soniga bo
ғliq. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland chiqadi, tebranish kam bo‘lsa, 
tovush past chiqadi; 
3) tovushning cho‘ziq-qisqaligi tebranish vaqtining davomli yoki davomsiz bo‘lishiga 
bo
ғliq. Tebranish davomsiz bo‘lsa, tovush qisqa chiqadi. 
Nutq tovushi tembri ( sifati) asosiy ton bilan yordamchi tonlarning va shovqinning 
qo‘shilishidan yuzaga keladi. Tovushning tembri rezonatorlik vazifasini bajaruvchi o
ғiz bo‘shliғi va 
burun bo‘shli
ғining hajmi va shakliga, tovush paychalarida hosil bo‘ladigan shovqinlarning qanday 
bo‘lishiga ham bo
ғliq. SHunga ko‘ra bir kishining ovozi boshqa kishining ovozidan farq qiladi. 
Murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib 
turuvchi mexanizm akustika fanida fil’tr deb ataladi.Odamning o
ғiz bo‘shliqlari va burun 
bo‘shliqlari birgalikda unlilarni hosil qiluvchi akustik fil’trni tashkil qiladi. 
Fiziologik aspekt. Nutq tovushlari talaffuz organlarining ma`lum harakati bilan hosil 
bo‘ladi. Nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi organga nutq organlari deyiladi. Bu 
organlarning yi
ғindisi esa nutq apparati sanaladi. Nutq apparati: 1. Nafas olish organlari. 2. Bo‘ғiz 
bo‘shli
ғi. 3. Oғiz bo‘shliғi. 4. Burun bo‘shliғi. 
Ma`lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq aparati
artikulyatsion baza deb ataladi. 
Tovush artikulyatsiyasi uch holatda bo‘ladi: 
1.Ekskursiya - tovush hosil qilishga o‘tish. 
2.Rekursiya - tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish). 
3.Bosh holat - asli holiga qaytish. 
Artikulyatsiyada ikki hodisa juda muhim rol’ o‘ynaydi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya 
usuli. 


13 
Tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. 
Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan 
havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi artikulyatsiya usuli deyiladi. 
Tovushlarning funktsional jihati. YUqorida nutq tovushlarining to‘rtinchi jihatini fonologik 
aspekt, deb atagan edik. Fonologiyada tovushlarning funktsional jihatlari o‘rganilishi ham 
ta`kidlangan edi. 
Fonemani eslaylik. Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion-akustik belgilar uning fonetik
xarakteristikasi deyiladi. Masalan, p fonemasining lab-lab, portlovchi, jarangsiz kabi belgilari uning 
fonetik xarakteridir. 

Download 0,61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish