• Tayanch iboralar
  • Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi

    VA VAZIFASI 
    R e j a: 
    1.Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari. 
    2.Fonetikaning vazifasi va maqsadiga ko‘ra turlari. 
    3. Asosiy fonetik birliklar. 
    4.Nutq tovushlari tasnifi.
    5.Unli fonemalar va ularning tasnifi.
    6.Undosh fonemalar va ularning tasnifi.
    Tayanch iboralar: fonetik jarayon, kombinator o‘zgarish, pozitsion o‘zgarish, akkomodatsiya, 
    assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diereza, epentiza, gaplologiya, proteza, metateza, progressiv 
    assimilyatsiya, regressiv assimilyatsiya, distant assimilyatsiya, singarmonizm, pozitsion o‘zgarish, 
    reduktsiya, miqdor reduktsiya, kuchli va kuchsiz pozitsiya, alternatsiya, alternatlar, tovush 
    almashinuvi, fonologik (sotsial yoki funktsional) aspekt, fonema, fonetik tavsif (xarakteristika), 
    fonologik oppozitsiya, fonologik yoki farqlash alomatlari, binar oppozitsiya, ternar oppozitsiya, 
    ko‘p a`zoli oppozitsiyalar, pozitsiya, distributsiya, fonostilistika, fonetik va fonologik 
    transkreptsiya, transliteratsiya, antroponimlar, toponimlar, orfoepiya, orfoepik me`yor, fonetik 
    qonuniyatlar, singarmonizm. 
     
    Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari. Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, 
    so‘zlar tovushlardan tashkil topadi. 
    Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, 
    nutq tovushlarini o‘rganadi. 
    Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi: 1) nutq organlarining nutq tovushlarini 
    talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi; 2) tovushlar qanday fizik tebranishlar 
    natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi; 3) nutq tovushlari bo‘
    ғin, urғu va 
    ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi; 4) nutq tovushlarining tildagi 
    so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni 
    o‘rganiladi. 
    Fonetikani o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati bor. Tilning talaffuz alomatlari 
    nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxshi 
    o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘
    ғri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini 
    yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk 
    bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir. 
    Fonetikaning quyidagi turlari mavjud: 
    - vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli 
    bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos 
    bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi; 
    - maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy 
    fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika esa 
    muayyan tilning fonetik, orfoepik me`yorlarini o‘rganadi. Ostsillograf, kimograf singari alohida 
    apparatlar bilan (yordamida) nutq tovushlari bo‘
    ғin, urғu va ohangdagi artikulyatsion-akustik 
    xususiyatlarini o‘rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasidir. 
    Fonetika o‘z tekshirish obektining davrga munosabati nuqtai nazaridan 2 xil bo‘ladi: tasviriy 
    (sinxron) fonetika va tarixiy (diaxron) fonetika. Tasviriy fonetka muayyan konkret til tovush 
    tarkibining hozirgi davrdagi ahvolini o‘rganadi. Tarixiy fonetika biror konkret tildagi nutq 
    tovushlarining tarixiy taraqqiyotini, qanday o‘zgarishlarga uchraganini va bu o‘zgarishlarning 
    sabablarini tekshiradi. 


    12 
    Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental 
    fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini 
    o‘rganuvchi fonetika segmental (segment-nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta 
    bo‘lgan fonetik birliklar: bo‘
    ғin, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental 
    fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi.
    Asosiy fonetik birliklar: fraza, takt, bo‘
    ғin, nutq tovushlari.
    Grammatika ham nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi: gap, so‘z birikmasi (fraza), so‘z va 
    morfemalarga. Garchi har ikki qatlam nutqning son nuqtai nazaridan bir xil bo‘lsa ham sifat 
    jihatidan bir biriga mos kelmaydi.
    Fraza nutqning eng katta birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos 
    ohangga ega bo‘ladi. Masalan: Quyosh tik kelgan (1gap, 1fraza), SHipi past, devorlari yupqa, 
    torgina do‘konxona, har vaqtdagidek ivirsiq (bu gapni to‘rt frazaga ham, ikki frazaga ham bo‘lish 
    mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. Gap bilan jumla hamma vaqt ham bir biriga to‘
    ғri 
    kelavermaydi. 
    Takt. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona ur
    ғu bilan talaffuz 
    qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘
    ғinning yiғindisi takt deb ataladi. Masalan : Havo bulut edi. 1,2-
    so‘z ur
    ғuli, 3-urғusiz. Urғu olmagan so‘zlar urғuli so‘zning oldidan va keyinidan kelishi mumkin: 
    oldidan - na rabotu, za mir - proklitik elementlar, bulut edi – keyinda enklitik elementlar. 
    Fonetik birlik bo‘lmish takt grammatikada so‘z birikmasi bilan qiyoslansa, ular hech vaqt 
    bir-biriga to‘
    ғri kelmaydi. 

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish