Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik 
hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy bo
ғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. 
Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, 
progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi 
tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan 
tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya 
deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y 
berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, 
ғ, q) keyin til oldi unlilari 
(i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa 
unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi 
bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan 
oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la 
progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli 
nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar 
palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostn
ғe obosnovaniya v komparativistike. M., 
Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa 
unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq 
tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. 
Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan 
esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya 
hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, 
qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, 
jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz 
undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga 
misoldir. 
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush 
paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. 
Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali bo
ғlanadi va bu artikulatsiya 


16 
strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi bo
ғlanishning artikulatsiya strukturasini chuqur 
o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish