Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shu
ғullanadi. YAsama, qo‘shma 
so‘zlar va xorijiy tillardan o‘zlashtarilgan ma`nolar bilan ham qiziqadi. etimologiya so‘zning har 
ikki tomonini, ya`ni shakli va ma`nosini hisobga oladi. So‘zlarning «biografiyasi»ni, kelib chiqish 
tarixini o‘rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon-haqiqiy, logos-ta`limot) deyiladi. 
So‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma`nolari va shakllari til tarixi, boshqa tillar va 
dialektlardagi shu so‘z to‘
ғri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. 
Bunda so‘zlarning avvalgi ma`nosi va formalari chuqur o‘rganiladi. So‘zlarning kelib chiqish tarixi 
tarix, arxeologiya, geografiya, antrapologiya, madaniyat va san`at kabi qator fanlar yordamida 
aniqlanadi. 
«Etimologiya» termini tilshunoslikda ikki ma`noda ishlatiladi. Leksikologiyaning ma`lum 
tilda so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi sohasi ma`nosida hamda biror so‘zning birinchi 
asl ma`nosi va shakli ma`nosida. 
YAngi so‘zlarning kelib chiqishini aniqlash oson, lekin eski so‘zning qachon paydo bo‘lgani 
va qaysi tildan yoki shevadan olinganini bilish ancha qiyin. Biror so‘zning kelib chiqishini 
aniqlashda shu so‘z qardosh tillardagi so‘zlarning tovush qurilishi va ma`nolari bilan qiyoslanadi. 
Misollar: arxitektor-quruvchi-haykal quruvchi va binoning loyihasini chizuvchi. 
Tilning lu
ғat tarkibiga faqatgina so‘zlar emas, balki turғun bo‘lib qolgan so‘z birikmalari 
ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo‘lgan tur
ғun birikmalar frazeologizmlar yoki frazeologik 
birikmalar (iboralar) deb ataladi. 


22 
Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha 
phrasis-ibora, logos-so‘z, tushuncha, ta`limot) deyiladi 
Frazeologizmlar ham tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi doirasida o‘rganiladi 
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so‘z ishtirok etishiga qaramasdan, ular yagona 
umumiy ma`no bilan birlashada va emotsional-ekspressiv ma`no ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy 
adabiyotlarda obrazli va ta`sirchan ifoda vositasi sifatida mahsuldor qo‘llaniladi. 
Frazeologizmlar uch xil bo‘ladi: 
- frazeologik qo‘shilmalar
- frazeologik butunliklar 
- frazeologik chatishmalar. 
Tarkibidagi bir so‘z to‘
ғri, ikkinchi so‘z esa ko‘chma ma`noda bo‘lib birikkan iboralar 
frazeologik qo‘shilmalar deyiladi: hordiq chiqarmoq, so‘zida turmoq, holdan toymoq kabi. 
Tarkibidagi so‘zlarning ma`nosi va grammatik jihati birikib, umumiy ko‘chma ma`no 
beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko‘kka ko‘tarmoq-maqtamoq, eti suyagiga 
yopishgan-oz
ғin kabi. 
Tarkibidagi so‘zlarning ma`nolari bilan ibora ifoda etgan ma`no o‘rtasida hech qanday 
leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar deyiladi: sichqonning inini 
ijaraga olmoq, sichqonning ini ming tanga bo‘lmoq, oyo
ғini tirab olmoq kabi. 
Frazeologik qo‘shilma va butunliklar so‘zlarni o‘zaro biriktirish yo‘li bilan yasalgan yaxlit 
iboralar bo‘lib, ularning tarkibidagi ba`zi komponentlarni almashtirish mumkin. Biroq frazeologik 
chatishmalarning komponentlarini almashtirish mumkin bo‘lmaydi. 
Xuddi leksikada bo‘lgani kabi, frazeologiyada ham omonimiya, sinonimiya, antonimiya
kabi hodisalar mavjud. Omonimiya: boshiga ko‘tarmoq; sinonimiya: kayfi buzuq-ta`bi tirriq; 
antonimiya: ko‘ngli joyiga tushmoq-yuragiga 
ғulғula tushmoq kabi. Polisemiya: o‘ziga kelmoq, 
xushiga kelmoq; qo‘lga tushmoq-asr tushmoq kabi. 
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko‘chma ma`no ifodalasa, grammatik 
tomondan ularning butunligi komponentlarning o‘zaro birikuvi va gapda ham shu tartibni saqlab 
qolish uchun izohlanadi. 
Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, antroponimika (odamlarning ismini 
ilmiy jihatdan o‘rganadi), toponimika (geografik nomlarni o‘rganadi), etnonimika (millatlarning 
nomlarini o‘rganadi)dan tarkib topadi. 
Terminologiya. Tilda shunday so‘zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san`at va 
madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma`noda ishlatiladi. Bunday so‘zlar terminlar deb 
ataladi. Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Mas., tilshunoslik 
fani o‘z terminlariga ega: unli, undosh... 
Terminlarning ko‘p ma`noda ishlatilishi fan uchun ijobiy xususiyat sanalmaydi. CHunki bir 
terminning turli fanlarda har xil ma`nolarda qo‘llanishi ba`zan noaniqliklarga olib kelishi mumkin. 
Terminlarning asosiy (ma`nolari) belgilari ularning bir ma`noliligi (monosemantik ekanligi), 
neytral, alohida emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga tegishli 
ekanligi bilan izohlanadi. Ba`zan terminlar badiiy asarlarda stilistik talabga ko‘ra ishlatilishi 
mumkin. 
Termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas. 
Har bir fanning o‘z terminlar tizimi mavjud. 
Terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin. 
Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ichki resurslariga xos va boshqa tillardan 
o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Ichki resurslarga misol: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol. 
O‘zbek tilida chet tillardan o‘zlashgan terminlar juda ko‘p. Mas., meditsina, biologiya, 
ximiya, fizika... sohalarida. 
Ko‘pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay 
bo
ғlanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit


23 
Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik lu
ғatlar mavjud: tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik va boshqa fan sohalarida. Ular bilan tilshunoslikning leksikografiya sohasida 
atroflicha tanishiladi. 
Tilning hozirgi holati va uning tarixiy bosib o‘tgan yo‘li jihatdan leksikologiya 2 turga: 
sinxronik (zamonaviy) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi. 
Tilning lu
ғati tasnifiy va qiyosiy o‘rganilishi mumkin. Ayrim olingan tilning luғat 
boyligini har tomonlama o‘rganish tavsifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning lu
ғat 
boyligini qiyosiy o‘rganish qiyosiy leksikologiya deb yuritiladi. 
Grammatik distributsiya deganda bir turkumdagi so‘zning boshqa turkumdagi so‘zlar bilan 
birika olishi tushuniladi. Leksik-semantik distributsiyada so‘z ma`nolarining bir-biriga mos 
kelish-kelmasligi tushuniladi. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish