So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

 
 So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. «So‘z fonetik jihatdan shakllangan bir 
butunlikdir: fonema va morfemalar so‘zning asosiy birliklari, so‘zlar mustaqil birlik bo‘lib, o‘z 
ur
ғusiga ega. Urғu so‘zning fonetik jihatdan butunligini ta`minlab, undagi tovushlarni birlashtiradi 
va shu bilan birga, nutq jarayonida bir so‘zni ikkinchi so‘zdan farqlash uchun xizmat qiladi. 
So‘zning butunligini ko‘rsatuvchi bir dalil pauzadir», - deydi M. Irisqulov. 
Nazarimizda, bu ta`rif birmuncha tarqoqdir. CHunki ta`rifda so‘zning barcha muhim 
tomonlari o‘z ifodasini topishi kerak. SHu ma`noda so‘zni quyidagicha izohlash mumkin: 
So‘z borliqdagi hodisa va narsalarning ma`nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan 
shakllangan va jamiyat a`zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush shaklida ifodalangan 
mustaqil va markaziy til birligidir. 
Til qurilishida so‘z alohida o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham u faqat leksikologiya va 
semasiologiyada emas, balki boshqa sohalarda ham ilmiy tadqiq etiladi. 
So‘zning grammatik jihatini olib qaraylik. Tilning eng kichik ma`noli birligi hisoblangan 
morfema orali
ғida so‘zning ma`noli qismlari: o‘zak, suffiks va hokazolar qaralsa, mustaqil so‘z 
formasidagi gaplar (masalan, nominativ gaplar: qish, sovuq, qoron
ғi kabi) sintaktik jihatdan alohida 
gap turlari sifatida izohlanadi. 
Ko‘rinadiki, so‘z qurilishi va semantik jihatdan ma`noli qismlarga bo‘linish xususiyatiga 
ega. Bir morfemali va ko‘p morfemali so‘zlarning o‘zagi mustaqil ma`noga ega bo‘ladi. Demak, 
so‘z mustaqil ma`noga ega bo‘lgan birlikdir. 
Demak, so‘z shakli (tovush shakli) va mazmun birligiga ega bo‘lib, semantik va grammatik 
yaxlitlikni o‘zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U til qurilishida shakl va ma`no jihati bilan to‘rt 
bosqichda ilmiy tahlil etiladi: 
a) fonologik jihatdan so‘zning fonemalar tarkibi va uning aktsent (ur
ғu) qurilishi 
o‘rganiladi; 
b) morfologik jihatdan so‘zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi; 
v) leksik jihatdan so‘zning atama birlik ekanligi, ya`ni nom qo‘yish bilan bo
ғliq tomoni 
qaraladi; 
g) semantik jihatdan so‘zning turli ma`no tomoni tadqiq etiladi. 
Ko‘rinadiki, so‘z til qurilishining barcha sohalari bilan bo
ғliq. 
So‘zning fonetik qurilishi haqida oldingi darslarda bahs yuritganmiz. 
Xo‘sh, uni morfologik jihatdan o‘rganish nima uchun kerak? 
So‘zlar alohida olinganda ma`lum bir ma`noni anglatishga xizmat qilsa-da, keng ma`nodagi 
fikrni ifodalay olmasligi mumkin. Ana shunday paytda, garchi so‘zga ikkilamchi bo‘lsa-da, 
grammatik vositalarga ehtiyoj tu
ғiladi. Ular so‘zlarni boғlashga, ularning shaklini o‘zgartirishga, 
binobarin ma`noning o‘zgarishiga ham xizmat qiladi. 
SHu nuqtai nazardan so‘z ham, gap ham qurilmadir. Ular ma`lum tarkibiy qismlardan 
tashkil topgan bo‘ladi. 
Bir qarashda betartibdek tuyulgan so‘zlar aslida o‘zlarining leksik va grammatik 
xususiyatlariga ko‘ra turli so‘z turkumlariga ajratiladi. 


24 
Leksik xususiyati deganda uning ma`nosi negiz yasovchi elementi nazarda tutiladi. 
Grammatik xususiyati esa so‘zning grammatik shakli, ya`ni qanday grammatik qo‘shimchalar 
olishi, gapda qanday gap bo‘lagi bo‘la olishi va nihoyat so‘zlarning bir-biri bilan birika olishi 
kabilar hisobga olinadi. 
So‘zning boshqa so‘zlar bilan birikishi, ya`ni distributsiyasi so‘zlarning grammatik va 
leksik-grammatik nuqtai nazaridan qaralishi kerak. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish