|
Fonologik oppozitsiyalarning tasnifiBog'liq tilshunoslik nazariyasi
Fonologik oppozitsiyalarning tasnifi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yildi: p-t, s-sh, x-q, a-o, u-i kabi. Bunday fonemalarning qarama-qarshi qo‘yilishi
fonologik oppozitsiya deyiladi.
Har bir fonema fonologik oppozitsiyaning a`zosi hisoblanadi. Tildagi barcha fonemalar
o‘zaro oppozitsiyani tashkil qiladi. Bu fonemalarning bo
ғlanishi va aloqalari yiғindisi fonologik
sistema yoki fonematik sistema deb yuritiladi. Fonemalarning o‘zaro bo
ғlanish xarakteri, ya`ni
uning qanday ichki aloqada ekanligi fonologik yoki fonematik struktura deb ataladi. Har bir
fonema fonologik birlik yoki element deyiladi. Har bir til o‘zining fonologik sistemasiga ega
bo‘lib, undagi har bir fonemaning o‘z o‘rni va funktsiyasi bor. Bir tildagi fonema ikkinchi tilda
bo‘lishi mumkin emas.
Tildagi so‘z va so‘z formalarini tashkil etuvchi fonemalarni go‘yo yonma-yon qo‘ygandek
ko‘rinishga ega sifatida tasavvur qilish mumkin emas. CHunki fonemalar bir-biriga birikish
jarayonida har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Har bir fonema o‘zining fonologik (farqlanuvchi)
alomatlariga ega. Har xil fonemalar qarama-qarshi qo‘yilganda, bu belgilarni aniqlash mumkin.
Masalan, b-p fonemalari jarangli, jarangsiz belgilari bilan farqlanadi. Ularning qolgan belgilari lab
va portlovchi xususiyati har ikkisiga xos xususiyat, ya`ni fonologik emas.
Tildagi fonologik oppozitsiyalar ikki a`zodan iborat bo‘lsa, binar oppozitsiya deyiladi: b-p,
t-ch, i-u kabi. Fonologik oppozitsiyalar uch a`zodan iborat bo‘lsa, tenar oppozitsiya deyiladi: p-t-k,
i-e-a kabi. Uchtadan ortiq a`zoga ega bo‘lgan oppozitsiyalar ko‘p a`zoli oppozitsiyalar deyiladi: b-
d-g-h.
|
| |