• Samarqand - 2012
  • TILSHUNOSLIK FANINING O‘RGANISH SOHASI VA MAVZULARI
  • TIL IJTIMOIY HODISA
  • Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi



     
     
     
    ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
     
     
     
     
     
    O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKUL’TETI 
     
    O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI 
     
     
     
    TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
     
     
    fanidan ma`ruzalar matni 
    Tuzuvchi: prof. Karimov S.A. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Samarqand - 2012 



    Тилшунослик назарияси” курси тилнинг пайдо бўлиши ва ривожланиши, 
    тил ва тафаккур, тил ва нутқ, тил ва жамият ўртасидаги муносабатлар, тилнинг 
    жамиятдаги ўрни, ички тузилиши, тилнинг таснифи, уни таҳлил қилиш 
    усуллари ва шу каби масалаларга доир қарашларни ўрганади. 
    Tuzuvchi: prof. Karimov S.A. 
    1-
    курс кундузги бўлим, 1-семестр 
    Маъруза – 22
    Амалий машғулот – 18 
    Семинар – 18 
    Консультация – 2 
    Оралиқ баҳолаш – 15 
    Якуний баҳолаш - 13 
    Мустақил иш – 20 
    Жами – 88+20=108 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1-ma`ruza: TILSHUNOSLIK FANINING 
    O‘RGANISH SOHASI VA MAVZULARI 
    R e j a : 
    1.Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
    2.«Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi. 
    3.Tilshunoslik fanining tarmoqlari. 
    4.Tilshunoslik fanining aspektlari. 
    5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
     
    Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: til, tilning ta`rifi, tilni o‘rganish tarmoqlari, 
    ekstralingvistika (sotsioling vistika, metalingvistika), intralingvistika, komparativistika (qiyosiy-
    tarixiy, cho
    ғishtirma, areal, tipologik) tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslik 
    aspektlari, tilshunoslik nazariyasi. 
    1. Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
    Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning 
    tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas. 
    Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib 
    chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi. Bu fan muayyan 
    va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. 
    Muayyan (xususiy) tilshunoslik ma`lum bir tilning lu
    ғat tarkibi, fonetik tizimi va grammatik 
    qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy asosda sinchiklab o‘rganadi 
    va shu yo‘l bilan tilning lu
    ғat boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini 
    yaratib beradi. 
    Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi 
    o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviy bo
    ғliqligini, tilning 
    o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy 
    tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish, 
    tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi 
    va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi. 
    Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik dastlab, 
    amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi 
    fanga aylandi. 
    Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi. Insoniyat bugungi 
    kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Odamzod o‘zining aql-
    zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi.
    Ma`naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to‘plangan bilimlar muhim o‘rin tutadi. Har 
    bir davrning buyuk tilshunoslari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tili haqidagi fikrlarini o‘rtaga 
    tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan 
    ғoyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi.
    Til va uning ta`rifi. Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash idealistik va 
    materialistik nuqtai nazardan ta`riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani ikkilamchi deb biluvchi 
    idealistik yo‘nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta`rif berishadi:
    «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Soseyur). «Til – odam ongining 
    ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfil’d). «Til fikrni 
    ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse).
    Bu ta`riflarning birortasi tilning to‘liq ta`rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini 
    ochib berolmaydi.
    Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatib, til 
    kishilarning eng muhim aloqa vositasidir, deb ta`riflaydilar.



    Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bajaradi, 
    garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki ob`ektiv qonunlari asosida 
    rivojlanadi.
    Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, 
    jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta`minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy an`analarni 
    etkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi.
    2. «Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi. 
    «Tilshunoslikka kirish» kursi tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi va tilning 
    taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini 
    o‘rganadi. Bu kursning yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, tilshunoslik fanida 
    qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. SHuning uchun bu kurs umumiy 
    tilshunoslikning dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman murakkab til hodisalarini to‘
    ғri tushunishga
    ma`lum bir til hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, ma`lum til hodisalarini, lu
    ғat 
    tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va 
    amaliy jihatdan zamin yaratib beradi. 
    3. Tilshunoslik fanining tarmoqlari. Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilni 
    tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmo
    ғi mavjud:
    1. ekstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan tashqarida, ammo bevosita 
    til bilan bo
    ғliq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi. ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi: 
    A. Sotsiolingvistika. Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi.
    B. Metalingvistika. Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til 
    birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi. 
    2. Intralingvistika. Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning 
    fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi.
    3. Komparativistika. Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga bo‘linadi:
    A. Qiyosiy tilshunoslik. Bu soha o‘z navbatida qiyosiy-tarixiy va cho
    ғishtirma 
    tilshunoslikka bo‘linadi.
    Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi.
    Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‘rganish cho
    ғishtirma tilshunoslik ob`ektidir.
    B. Areal (maydon) tilshunoslik. Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til 
    tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi.
    V. Tipologik tilshunoslik. Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni 
    tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat`iy nazar 
    o‘rganilaveradi.
    Tilshunoslik fanining sanab o‘tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar paydo bo‘lgan.
    4. Tilshunoslik fanining aspektlari. Tilshunoslik fani ham ko‘p aspektli fanlar qatoriga 
    kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud:
    Struktural tilshunoslik. 
    Xususiy tilshunoslik. 
    Umumiy tilshunoslik. 
    Amaliy tilshunoslik. 
    Nazariy tilshunoslik. 
    Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro bo
    ғliqligini, tilning 
    struktura tomonini yoritish maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalishi struktural tilshunoslik deb ataladi.
    Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lu
    ғat tarkibi, grammatik 
    qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini o‘rganadi va 
    shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini yaratishga intiladi.
    Umumiy tilshunoslik ma`lum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari, tilning paydo 
    bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. SHuningdek, bu fanda 



    konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni o‘rganish natijasida aniqlangan til faktlari 
    umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi.
    Umumiy tilshunoslik – inson tilini ilmiy o‘rganadi- gan fan bo‘lib, uning asosiy maqsadi 
    tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari, tilning mohiyati, tilning tuzilishi, til va nutq, til va 
    tafakkur, tildagi belgilar tizimi, til va jamiyat, til taraqqiyoti, tilshunoslik maktablari va 
    yo‘nalishlari, tillarni ilmiy tadqiq etish usullari haqida ma`lumot berishdan iborat. SHu jarayonda 
    tilning tipologik belgilari aniqlanadi.
    Umumiy tilshunoslik fani tilning tabiati va mohiyati, tilning jamiyat va tafakkur bilan 
    munosabati, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib chiqishi va taraqqiyot 
    qonunlari, tillar tipologiyasi va tasnifi, tilni o‘rganish metodlari kabi muammolarni o‘rganadi.
    Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari amaliy 
    tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik tahlil, leksikografiya kabi 
    yo‘nalishlari mavjud.
    Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, 
    ғoyalar, nazariyalar haqidagi 
    tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Tilning 
    asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar ol
    ғa suriladi.
    «Tilshunoslik nazariyasi» kursida tillarni o‘rganish sohasida quyidagi muammolar doirasida 
    mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma`lumot beriladi:
    1. Tilshunoslik tarixida mavjud bo‘lgan oqimlar va maktablarda til muammolarining 
    o‘rganilishi. 
    2.Tilshunoslikdagi falsafiy yo‘nalish. 
    3.Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining tabiati haqida. 
    Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va mazmun.
    4.Til qurilishi masalalari. Til qurilishida pragmatika va sintagmatika. Til fonologiyasi, 
    leksikologiyasi, grammatikasi, so‘z yasalishi. Lingvistik tipologiya. Tillarning tipologik va 
    geneologik tasnifi.
    5.Tillarni o‘rganishdagi qiyosiy-tarixiy, cho
    ғishtirish, tasviriy, riyoziyot, avtomatlashtirish, 
    jo‘
    ғrofiya metodlar va ularning mohiyati. 
    5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til tilshunoslik fanining ob`ekti bo‘lib, u 
    insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun ham xizmat qiladi.
    Tilshunoslik fani til bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganda, boshqa fan materiallarini ham 
    hisobga oladi. Jumladan: 
    1. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas bo
    ғliqdir, chunki falsafa 
    tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, sinergetika, til va tafakkur 
    haqidagi ta`limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.
    2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas bo
    ғliqdir. Tilshunoslik bilan psixologiya 
    o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammolar psixolingvistikada o‘rganiladi.
    3. Tilshunoslik tarix bilan ham o‘zaro bo
    ғliq, chunki tilning luғat tarkibi, uning ish ko‘rish 
    doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir.
    4. Tilshunoslik etnografiya bilan ham bo
    ғliq. etnografiya xalqlarning kelib chiqishi, tarkibi, 
    urf-odatlari, moddiy, ma`naviy va ijtimoiy madaniyatini o‘rganadi. Tilshunoslik fani u yoki bu tilni 
    o‘rganishda xalq etnografiyasi materiallaridan foydalanib ish ko‘radi.
    5. Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan bo‘lgan mantiq bilan 
    ham bo
    ғliq.
    6. Ma`lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi 
    munosabatlari bilan bo
    ғlangan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga bo‘linishi, ijtimoiy ishlab chiqarish 
    munosabatlarini o‘zgartirish bilan bo
    ғliq qonunlarni sotsiologiya fani o‘rganadi. Bu fan tilshunoslik 
    bilan uzviy bo
    ғliq holda taraqqiy etadi.
    7. Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining o‘tmishini 
    o‘rganuvchi fan – arxeologiya ham tilshunoslik bilan bo
    ғliqdir.



    8. Tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy bo
    ғlan gandir. Ularning aloqasi, stilistika, 
    adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    9. Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan bo‘lsa-da, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya 
    kabi tabiiy fanlar bilan ham bo
    ғliq holda rivojlanadi.
    Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‘rganishda fizika fanining 
    akustika bo‘limi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.
    CHet tillarni o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi lu
    ғatlarni tuzishda 
    tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.
    Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini o‘rganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish 
    sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya, tibbiyot singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish 
    ko‘radi.
    Tilshunoslikning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil nazariyalar paydo bo‘ldi.
    Tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan bo‘lib, uning ob`ekti bo‘lgan til 
    tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan o‘rganishni talab qiladigan murakkab soha 
    bo‘lib hisoblanadi.
    SHunday qilib, tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va 
    jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil 
    qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fandir. 
     
     
    2-ma`ruza. TIL IJTIMOIY HODISA 

    Download 0,61 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish