• FONETIKANING O‘RGANISH SOHASI
  • Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi

    ora, o‘git, o‘yin, o‘
    ғil, adash, o‘sha so‘zlarining; ola ip kesildi, dumini likkilatmoq 
    frazeologizmlarining etimologiyasiga e`tibor beraylik.
    Til va jamiyat muammosi doirasida ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan masalalardan yana biri 
    har bir tilning vazifaviy uslublaridir.
    Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy va zaruriy hodisa bo‘lib, bu rivojlanayotgan 
    hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotning yanada 
    o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu jarayonda har 
    bir tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi: 



    1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o‘zi she`riy uslub va nasriy uslub deb ikkiga bo‘linadi.
    2. Ijtimoiy-publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, 
    maqolalar va ocherklar uslubi kiradi.
    3. Ilmiy bayon uslubi. Buning tarkibi nutq vositalarining turli ko‘rinishidan iborat (tibbiyot, 
    huquq, falsafa va boshqalar). Ilmiy, ilmiy-ommabop asar, maqola, risolalarning uslubi ham o‘ziga 
    xos xususiyatga ega bo‘ladi.
    4. Kasb-hunar, texnika uslubi. Bu ishlab chiqarish, texnika adabiyotlari uslubidir. Bu uslub 
    ishlab chiqarish, texnika, harbiy va boshqa turli xil kasblar sohasida ish quruvchilar uchun xizmat 
    qiladi.
    5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar 
    uslubi.
    6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bo‘lgan maktubiy uslub.
    Jamiyatning madaniy saviyasi har bir kishining tildagi uslubiy jihatlarni egallab olishini, 
    ya`ni uslublardan vaziyatga qarab foydalanishini taqozo etadi.
    Til va jamiyat muammosini yanada chuqurroq va aniqroq anglash uchun ularning til tizimi, 
    til qurilishiga munosabatini to‘
    ғri anglash muhimdir.
    Har bir adabiy tilda so‘zlaydigan yoki yozadigan kishi sharoit taqozasiga ko‘ra tilda mavjud 
    so‘zlar, grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma`lum qismidangina 
    foydalanadi. Mana shu ma`noda tilning zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham 
    hech qachon to‘li
    ғicha ishga solinmaydi.
    Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llanuvchi holatidan doimo ortiq va keng 
    bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy vositalari tizimini tashkil 
    etadi.
    Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo‘llanayotgan, b) tilda o‘tmishda qo‘llangan, v) tilda 
    kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yi
    ғindisi deb tushunish 
    kerak.
    Til tuzilishi muayyan davrda qo‘llanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi ko‘pqirrali 
    unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga 
    oshadi. Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo‘lib, u nutqda turli darajada yuzaga chiqadi, 
    namoyon bo‘ladi. Bunga sabab kishilar tildan turli konkret sharoit va holatlarda foydalanadi. Har 
    bir tilning tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yi
    ғindisi va ushbu 
    vositalarning o‘zaro munosabatidan iboratdir. 
    Til qurilishining o‘ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga 
    keladi. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida mavjud tilning jamiyat uchun xizmati bir necha yo‘nalishda 
    bo‘ladi.
    1. Hududiy tabaqalanish. Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo‘lgan hududiy, 
    sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar foydalanadigan ko‘rinishi dialekt 
    deb yuritiladi. Har bir dialekt o‘z til sistemasi va strukturasiga ega.
    2. Nutq jarayoni kimga qaratilganligi bilan farqlanadi. SHunga ko‘ra u dialog, monolog va 
    polilog shaklida bo‘ladi.
    Dialog - nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, sotsial nutqiy aloqalarning 
    tabiiy shakllaridan hisoblanadi. Dialog, akad L. V. SHcherba fikri bilan aytganda, «shunday 
    ustaxonaki, unda tilning har turli o‘zgarishlari quyiladi va yi
    ғiladi».
    Katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nutqiy aloqaning dialog shakli keng tarqalgan. 
    CHunki bu shakl orqali millionlab kishilar ijtimoiy turmushda - oilada, ishlab chiqarish jarayonida, 
    jamoat joylarida fikr almashadi.
    So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e`tiborda 
    tutmaydigan nutq monolog hisoblanadi.
    Ko‘p kishining o‘zaro suhbati polilog sanaladi.
    3. Adabiy tilning ifodalanish jihatidan tabaqalanishi. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal 
    berilgan, ma`lum me`yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli 
    adabiy til hisoblanadi. Adabiy tilning ikki ko‘rinishi bor: 1) yozma ko‘rinish, 2) o
    ғzaki ko‘rinish.


    10 
    4. Tilning ijtimoiy jamoa faoliyatiga ko‘ra tabaqalanishi. Tilning inson faoliyatining u yoki 
    bu sohasi bilan bo
    ғliq vazifalariga ko‘ra ajratiladigan uslublari vazifaviy uslublar sanaladi: badiiy 
    uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub, rasmiy-ish uslubi.
    5. Muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan til sotsial dialekt sanaladi. Bunday til 
    jargon va argo deb ataladi.
    Tilning ijtimoiy yashash va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi 
    sotsiolingvistika deb ataladi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til 
    bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; ekstralingvistik omillar ta`sirida til taraqqiyotidagi faol 
    jarayonlar; radio, televidenie, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning o
    ғzaki va yozma shakli 
    o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi 
    nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shu
    ғullanadi.
    Sotsiolingvistika atamasi doirasida til va jamiyat o‘rtasidagi munosabat, uning rivojlanishi, 
    xalqning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bo
    ғliq holda tilda vujudga keladigan farqlar muammosi 
    o‘rganiladi. Sotsiolingvistika tilning o‘zgarish nazariyasiga amal qilib, tilning ijtimoiy muhitga 
    ko‘ra o‘zgarish xususiyatlarini o‘rganadi.
    Sotsiolingvistik nuqtai nazardan ham tillarning tipologiyasi mavjud bo‘lib, u tilning 
    jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini inobatga olgan holda o‘rganadi. 
    Sotsiolingvistik tipologiyada quyidagilar mavjud: 
    1. Tilning grammatikasi va lu
    ғatini yaratishga xizmat qiluvchi standartlashtirish mezoni. 
    Bunda ma`lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan tan olingan adabiy til tushuniladi.
    2. Ma`lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo‘qligi tan olinsa, bu uning hayotiylik 
    mezoni sanaladi. Agar til hayotiy, tirik bo‘lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e`zozlaydigan 
    jamiyat ham mavjud bo‘ladi.
    3. Ma`lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo‘`tadil, bir tekis 
    rivojlanib turishi nazarda tutilsa, tarixiylik mezoniga amal qiladi.
    4. Ma`lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu til boshqa 
    tillardan tuzilishi jihatidan tubdan farqlanishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo‘lishi 
    avtonomlik mezoniga amal qiladi. Turkiy tillarning har biri bir-biriga avtonomdir.
    Sanab o‘tilgan mezonlar asosida tillarning sotsiolingvistik tasnifi amalga oshiriladi. 
    Sotsiolingvistik jihatdan jahon tillarining quyidagi tiplari mavjud:
    1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi 
    tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar.
    2. YOzuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan 
    tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi 
    taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, 
    ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, su
    ғd tili, xorazmiy tili.
    3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega 
    bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili.
    4. Kreol tillar. Mustamlakachilik natijasida dunyoning turli qit`alarida ingliz, frantsuz, 
    ispan, portugal tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar. Masalan, Gaiti, Aruba, 
    Bonayre orollarida paydo bo‘lgan gatti, ispan-nautal, papiyamento tillari kreol tillari jumlasiga 
    kiradi.
    5. Pijin tillari. Mahalliy tillarning Evropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan. 
    Pijin tillari kreol tillarining dastlabki bosqichidir. Masalan, rus tilining xitoy dialekti asosida 
    shakllangan til kyaxti deb nomlanuvchi til pijin tilidir.
    6. Sun`iy tillar. Maxsus yaratilgan xalqaro aloqa tillari. Bunday sun`iy tillar qatoriga 
    esperanto, ido, volyapyuk, oktsidental, interlingva, neo tillari kiradi.
    7. Ma`lum bir qabila, xalq, millat tarkibiga kiruvchi kichik hududga tarqalgan aholi tili 
    dialektdir.
    Xullas, jamiyatga til qanchalik zarur bo‘lsa, til uchun jamiyatning bo‘lishi shunchalik 
    zarurdir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaganidek, jamiyatsiz til ham bo‘lmaydi. Uning qonuniyatlarini 
    sotsiolingvistika o‘rganadi. 


    11 
    3-ma`ruza: FONETIKANING O‘RGANISH SOHASI

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish