• Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha.
  • Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi

    Tayanch iboralar: lu
    ғat tarkibi yoki leksika, leksikologiya, semasiologiya, tilning ifoda 
    plani, tilning mazmun plani, nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiya, leksik stilistika 
    (uslubiyat), etimologiya, frazeologiya, onomastika, toponimika polisintetik tillar, minimal sintaktik 
    birlik, semantik belgilar, so‘zning aktsent kurilishi, so‘zning morfemik tuzilishi, atama, so‘zning 
    leksik ma`nosi, predmet va tushuncha, nominativ vazifa, kontekst (matn), nutk vaziyati, so‘zning 
    grammatik ma`nosi, turdosh otlar, atoqli otlar, denotativ aloqa, segnifikat, struktural aloqa, 
    semema, leksema, sema, konnotativ ma`no, semantik yoki tushuncha maydoni, kontekstologiya 
    (matnshunoslik). 
    Leksik ma`no, lu
    ғaviy ma`no, so‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi, so‘zning ko‘chma ma`nosi, 
    polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifaviy ko‘chish, so‘z ma`nolarining kengayishi 
    yoki torayishi, omonimlar, haqiqiy omonimlar, omofonlar, omograflar, omoformalar, to‘liq 
    omonimlar, to‘liq bo‘lmagan omonimlar, ekspressiv uslubiy bo‘yoqlar, sinonimiya, absolyut 
    sinonimlar, semantik tip, matniy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, sinonimik qator, sinonimika, 
    antonimlar, leksik va grammatik antonimlar. 
     


    21 
    Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy 
    birligi hisoblanib, tildagi so‘zlarning jami leksikani (lu
    ғat tarkibini) tashkil etadi. Tilshunoslik 
    fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z»va logos-«ta`limot») 
    deyiladi. 
    Tilning lu
    ғat tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) luғaviy
    birliklar deyiladi. Lu
    ғaviy birliklar anglatgan ma`nolarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, 
    ma`lum tematik turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy vazifani birliklarning lu
    ғaviy ma`nosi bajaradi. 
    Leksik ma`no esa, yuqorida ta`kidlanganidek, umumlashtirish xususiyatiga egadir. 
    Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi: 
    1. So‘zning semantik qurilishi. 
    2. So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlari. 
    3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi. 
    4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi. 
    5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi. 
    6. So‘zlarning emotsional-ekspresiv bo‘yoq yoki stilga munosabati. 
    Boshqacha aytganda, tilning leksikologiyasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so‘zlarning 
    hosil bo‘lishi, lu
    ғat tarkibining boyishi va nutqi, ishlatilishi, ma`nolarning o‘zgarishi, torayishi va 
    kengayishi, turli atamalarning qo‘llanilishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. SHu tufayli 
    leksikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.
    O‘zbek tilidagi lu
    ғaviy birliklarning ayrim tematik turlarini ko‘rib o‘tamiz. 
    Semasiologiya
    til birliklari (til ishoralari)ni ma`no jihatdan o‘rganadi. Til birliklarining, 
    birinchi navbatda, leksik birliklarining semantik qurilishini va u bilan bo
    ғliq masalalarni 
    o‘rganuvchi soha 
    semasiologiya
    deyiladi. YA`ni u tilning barcha ma`no anglatuvchi birliklarini 
    o‘rganadi. 
    Leksikografiya tilshunoslikning lu
    ғat tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan 
    shu
    ғullanuvchi bo‘limi hisoblanib, unda til tarkibidagi so‘zlarni ma`lum tartib va maqsad asosida 
    (alfavit tarkibida, nutqda ishlatilish darajasi va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda to‘plab lu
    ғat 
    tuzish masalalarni o‘rganadi. 
    Onomasiologiya leksikologiyaning lu
    ғaviy birliklarini nomlash va tushuncha anglatish 
    printsiplari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, narsa va hodisalarga nom berish 
    jarayonini qamrab oladi. 

    Download 0,61 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish