Omonimlar va ularning turlari




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

 
Omonimlar va ularning turlari. Talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma`nosi bir-biridan 
tubdan farq qiluvchi so‘zlar: kuya, sir, chang, bo
ғ, tortmoq, yozmoq, chopmoq. 
Ularga grammatik shakllar - qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik xususiyatlarini 
saqlab qolishi mumkin: ot-ism, ot-hayvon, yozmoq-pisat’, yozmoq-raskrit, nakrit’ kabi. 
Omonimlarni yuzaga keltiruvchi vositalar: a) har xil talaffuzli, fonetik qurilishi farqli 
bo‘lgan so‘zlarning bir xil talaffuz etiladigan bo‘lib qolishi: ot, o‘t (shevada ular omonim 
hisoblanmaydi). b) so‘zlarning semantik taraqqiyoti: dam-nafas, hordiq, bosqon. v) so‘zlarning 
talaffuz jihatdan tasodifan mos kelib qolishi: bank /banka
 
Sinonimlar va ularning tiplari. Fonetik qurilishi (shakli) har xil, ma`nosi esa bir xil bo‘lgan 
so‘zlardir: aylanmoq-kezmoq-sayr qilmoq, pedogok-muallim.
Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma`nosi bilan o‘zaro bo
ғlanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik
qator deyiladi. 
Ko‘p ma`noli so‘zlar har bir ma`nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo‘lishi 
mumkin: bitirmoq. 
1) bitirmoq-tugatmoq-tugallamoq, tamomlamoq; 
2) bitirmoq-bajarmoq-ado etmoq-o‘rinlatmoq; 
3) bitirmoq-tamomlamoq-tamom qilmoq-son qilmoq-sonlamoq-af qilmoq-yo‘qotmoq-yo‘q 
qilmoq. 
Sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlar qaysidir jihatlari bilan bir-biridan farqlangani 
uchun tilda alohida leksik birlik sifatida yashash imkoniyatiga ega. 
Sinonimik qatordagi so‘zlar asosan quyidagi hodisalar nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanadilar: 
1. emotsional-ekspressiv nuqtai nazaridan: xunuk-badbashara 
2. Uslubda farqlanadi:odam-kishi-inson 


27 
3. Sinonimik qatordagi so‘zlar hozirgi adabiy tilga munosabati nuqtai nazaridan o‘zaro 
farqlanishi mumkin: o‘qituvchi- domla-afandi. 
4. Sinonimik qatordagi so‘zlar ma`noni qaydarajada ifodalashi jihatdan ham o‘zaro 
farqlanadi: qiziq-
ғalati-antiqa-ajayib-alomat. Neytral: qiziq. Kuchli: ajoyib, alomat, antiqa. YAxshi, 
durust, tuzuk (kuchsiz
Paydo bo‘lishi: 
1. So‘z o‘zlashtirish orqali 
2. YAngi ma`noli so‘zlar: vazifa-topshiriq 

Download 0,61 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish