Birinchi guruh: umumtarmoq boshqaruvning uslubiy materiallari, namunaviy loyiha yechimlari bo‘yicha uslubiy material, axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida mazkur kichik tizimni takomillashtirish va joriy etish to‘g‘risida uslubiy materiallar;
Ikkinchi guruh: korxona va uning bo‘linmalari to‘g‘risida nizom, lavozimlarga tegishli ko‘rsatmalar, analitik masalalar yechimini tashkil etish uchun ko‘rsatma va shu kabilar.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida Iqtisodiy tahlilning o‘zi hamda uning elementlari (uslubiy, matematik, axborot, texnik) rivojlanib boradi. Mazkur sifat jihatdan o‘zgarish axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining boshqa kichik tizimlari bilan chambarchas bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
|