Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi analitik masalalar tasnifi. Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi Iqtisodiy tahlil tizimida ko‘plab miqdordagi analitik masalalar hal qilinadi.Ularning aniq tasnif qilinishi masalalarning navbatma-navbat ishlanib joriy etilishiga, natija esa tizimning funksiyasi samaradorligini oshirishga ta’sir etadi. Obyektga tizimli va kompleks yondashish rejalashtirish, hisob va tahlil masalalarining boshqaruv maqsadi va funksiyasi uchun yagona tavsifini talab etadi.
Analitik masalalarning ijtimoiy tamoyillar talablariga javob bera oladigan tasnifining amaldagi turi mazmun tavfisi bo‘yicha ajratishdir.
Boshqaruv jarayoniga bog‘liqligiga ko‘ra mazkur belgi bo‘yicha masalalar quyidagi ko‘rinishni oladi:
– tabiiy-buyumlashgan – aniq iste’mol qiymatini yaratishga ko‘ra;
– iqtisodiy – qiymatning shakllanishiga ko‘ra;
– ijtimoiy – ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‘yicha;
– ekologik – tabiiy muhitni saqlash bo‘yicha.
Analitik masalalar boshqaruv darajasi va turiga ko‘ra ham tasnif etiladi.
Birinchi belgi bo‘yicha: brigada, sex, bo‘lim, korxonaning xo‘jalik faoliyatiga tegishli masalalarga bo‘linadi.
Ikkinchi belgi bo‘yicha: boshqaruv turi bo‘yicha esa – tezkor, joriy va istiqbolli masalalarga ajratiladi.
O‘z navbatida muayyan belgilar bo‘yicha guruhlangan masalalarning ichida boshqariladigan obyekt mazmuniga ko‘ra ham guruhlarga ajratiladi. Masalan, birinchi guruh muayyan mahsulot yaratish bo‘yicha quyidagicha bo‘linishi mumkin: ishlab chiqarishni tayyorlash, mehnat vositalari va predmetlari bilan ta’minlanish, ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, sotish jarayoni va shu kabilar.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlil natijalari obyekt ma’lumotlaridan foydalanish maqsadiga ko‘ra ichki va tashqi foydalanuvchilar yo‘nalishi bo‘yicha ham alohida tayyorlanadi.
Ichki foydalanuvchilarga mo‘ljallangan tahlil ma’lumotlari boshqaruv ehtiyojiga ko‘ra barcha soha, jarayonlarni aks ettirish mumkin.
Tashqi foydalanuvchilar uchun esa ma’lumotlar olish obyektlari cheklangan bo‘ladi.
Iqtisodiy tahlilga oid ko‘plab adabiyotlarda ma’lumotlarni axborot texnologiyalarga asoslangan tarzda qayta ishlashda analitik masalalarni boshqa belgilariga ko‘ra ham tasnif etishlar tavsiya etiladi.
Lekin, ularning barchasining asosida bir mazmun, u ham bo‘lsa iqtisodiy tahlil funksiyasini axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida doimiy va samarali amalga oshirishni ta’minlash yotadi.
|