Reja: Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni




Download 159,15 Kb.
bet1/8
Sana06.02.2024
Hajmi159,15 Kb.
#152158
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tamirlashni standartlari


Tamirlashni standartlari, tamirlash davri, tamirlash ishlarining murakkabligi


Reja:

  1. Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni

  2. Dastgohlarni rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi va

uning me’yorlari.

  1. Ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va boshqarish.

  2. Ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirish yo‘llari



Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni
Ishlab chiqarish jarayonlarining oxirgi natijasi bevosita korxonaning asosiy rejasi asosida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar esa, boshqa vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Ularning faoliyati natijasida yaratilgan mahsulot asosiy ishlab chiqarishda (yordamchi ishlab chiqarish) yoki uni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash (xizmat ko‘rsatish jarayonlari)da foydalaniladi. Korxonada bu jarayonlarning tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.
Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlarga dastgohlarga qarash, nazorat qilish, sozlash, ta’mirlash zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, yangilash (modernizatsiya) ishlari; sexdan-sexga, bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga, ish joyidan omborga mehnat qurollarini tashishni amalga oshiradigan transport vositalari xizmati; ombordan mahsulotlarni jo‘natish; asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida bajarilgan ishlar hamda tayyor mahsulotni sifatini texnik nazorat qilish bo‘yicha ishlar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida ta’mirlash xizmatining roli ilmiy texnik taraqqiyot natijasida bir muncha o‘zgardi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibi takomillashgani, kompleks mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan sistemalar, robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari, ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligini ortib borishi, mahsulotlarning murakkablashuvi oqibatida xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talab oshdi.
Sanoat taraqqiy etgan sari ishchilar bajarayotgan ishlarning ixtisoslashuvi ham ortib bormoqda, jumladan, dastgohlarni nazorat qilish va ta’mirlash. Bu ishlar maxsus yordamchi ishchilarning vazifasiga aylanib bormoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligi, ya’ni mavjud dastgohlardan foydalanib mahsulot hajmini ortib borishi, dastgohlarni to‘xtovsiz va unumli ishlashi, sifatli mahsulot chiqarishni ortishi - zavodning ta’mirlash xizmati ishlariga bog‘liq. Dastgohlarning texnik holatining yomonligi va buzilishi korxona faoliyati samaradorligiga, uning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillaridagi texnik taraqqiyot asosiy ishlab chiqarish jarayonlari - xom ashyo va materiallarga ishlov berish, ularga shakl berish va pardozlash ishlarini keng qamrovda egalladi va bu o‘z navbatida xizmat ko‘rsatish jarayonlariga ham tarqaldi. Ta’mirlash, mahsulot chiqarishning ortishi- bularning barchasi zavodning ta’mirlash xizmati ishlariga bog‘liq. Dastgohlarning texnik holatini yomonligi va buzilishi korxona faoliyati samaradorligiga va uning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning o‘sishi avtomatlashtirilgan korxonaning asosiy toifadagi ishchilarni dastgohlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bilan band bo‘lishlariga olib keladi.
Ta’mirlashning maqsadi va mohiyati mexanizmlarni sozlash, eskirgan detallarni qayta tiklash va almashtirish orqali dastgohlarni ishlash qobiliyatini qayta tiklash va saqlashdan iborat. Ta’mirlash xo‘jaligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Dastgohlarni ishlatish va ta’mirlashni shunday tizimini tashkil qilish kerakki, u dastgohlarni doimo ishchi holatda saqlash imkoniyatini bersin.

  2. Detallarni xizmat qilish muddatini uzaytirish, ta’mirlashlar o‘rtasidagi davrni uzaytirish, ta’mirlash ishlari hajmini kamaytirish maqsadida dastgohlarga joriy xizmat ko‘rsatish, qarash, ekspluatasiya qilishni sistemali ravishda oshirish.

  3. Ta’mirlash ishlari va ularning sifatini oshirgan holda hajmi va qiymatini kamaytirish. 

  4. Dastgohlarni ro‘yxatga olish (pasportlashtirish), attestatsiya qilish va zamon talablariga muvofiq takomillashtirish, yangilash (modernizatsiya qilish).

  5. Ta’mirlash xo‘jaligida band bo‘lgan ishlovchilar mehnatini tashkil qilishni takomillashtirish.

Korxona ta’mirlash xo‘jaligining ahamiyati shundan iboratki, uni tashkil qilish ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har yili texnologik dastgohlar 10-12 % kapital, 20-25 % - o‘rta, 90-100% kichik ta’mirlanadi. Dastgohlarni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlarining mashinasozlik sanoati mahsulotlari tannarxidagi nisbiy ulushi sex xarajatlarining 6-8 yoki 12-18 % ni tashkil qiladi. Dastgohlarni ishchi holatda saqlash va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish uchun texnologik dastgohlarni ekspluatatsiyasi va rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tartibiga amal qilish lozim.



Download 159,15 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 159,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni

Download 159,15 Kb.