|
Ko‘rikdan keyin ta’mirlash usuli asosidagi ROT
|
bet | 4/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 159,15 Kb. | | #152158 |
Bog'liq Tamirlashni standartlari1. Ko‘rikdan keyin ta’mirlash usuli asosidagi ROT. Bu usulda navbatdagi ta’mirlash muddati turi va ta’mirlash operatsiyalarining mazmuni dastgohlar, agregatlarni ishlashini kuzatish natijasida belgilanadi. Ko‘rik kuzatuvlar davri dastgohlarning ma’lum detallarning eng kam xizmat ko‘rsatish muddati to‘g‘risidagi dastlabki (taxminiy) ma’lumotlar bo‘yicha belgilanadi. Dastgohlarga bunday xizmat ko‘rsatish ayrim kamchiliklarga ega. Rejalashtirish va ta’mirlashga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarning mavjud emasligi tez-tez ko‘rik kuzatuvlar o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qiladi.
2. Vaqti - vaqti bilan ta’mirlash tizimi asosidagi ROT tizimida navbatdagi ta’mirlash turi va muddati eng muhim asosiy detal va uzellarning xizmat ko‘rsatish muddatiga tayangan holda, ta’mirlash operatsiyalarining mazmuni esa kuzatishlar ma’lumotlari asosida belgilanadi. Dastgohlarga bunday xizmat ko‘rsatish mashinasozlik, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, poyafzal va oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi texnologik dastgohlarni ta’mirlashda keng qo‘llaniladi.
3.Standart ta’mirlash usuliga asoslangan ROT tizimi navbatdagi ta’mirlashning aniq mazmuni, turi va muddati dastgohlarning barcha qismlariga xizmat ko‘rsatish muddati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarga asoslangan holda belgilanadi. Bunday xizmat ko‘rsatish turli ishlash tartibi (rejasi) juda barqaror bo‘lgan dastgohlar (energoagregat, avtomatik patok linyalari) ga taalluqlidir.
Korxonalarda ROT tizimining u yoki bu turidan foydalanish dastgohlar qismlarining xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlik darajasiga bog‘liq.
ROT tizimining asosiy me’yorlariga ta’mirlash sikli ta’mirlashlararo va ko‘rik kuzatuvlararo bo‘lgan muddat, ta’mirlash sikli tartibi, ta’mirlash ishlari hajmi, me’yorlari kiradi.
Ta’mirlash sikli deb, dastgohning ikki kapital ta’mirlash o‘rtasidagi yoki uni ishga tushirishdan to birinchi kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan ishlash davriga aytiladi. Ta’mirlashlar o‘rtasidagi davr davomiyligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(8.1)
bunda,
Tsikl - ta’mirlash sikli, soat;
To‘r - o‘rtacha ta’mirlashlar soni;
Tk.t - kichik ta’mirlashlar soni.
Ko‘riklararo davr deb, dastgohni ikkita ketma-ket ko‘rik-kuzatuv o‘rtasidagi yoki rejadagi ta’mirlash va ko‘rik o‘rtasidagi vaqt oralig‘iga aytiladi. U quyidagicha aniqlanadi:
(8.2)
bunda,
Ns - ko‘riklar soni.
Ta’mirlash sikli ta’mirlashlar va ko‘rik-kuzatuvlar o‘rtasidagi davr davomiyligi, asosan, dastgohlarning turi, ekspluatasiya shartlariga bog‘liq va u ishlangan soat, kunlar soni bo‘yichi hisobga olinadi.
ROT tizimida ta’mirlashlar o‘rtasidagi davrni ixtiyoriy ravishda belgilash mumkin emas, balki u optimal qiymatga ega bo‘lishi kerak. Ta’mirlash davriyligini to‘g‘ri tanlash muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, u ta’mirlash ishlariga sarflanadigan xarajat, dastgohlarni bekor turib qolish davomiyligi, dastgohlarning ishlab chiqarish quvvati va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha xarajatlarni aniqlaydi. Dastgohlarning ta’mirlashlararo ishlash muddati ularning normal ekspluatatsiya sharoitida eskirish qonuniyatlarini o‘rganish asosida belgilanishi lozim. Ta’mirlashlar o‘rtasidagi muddatni uzaytirish muammosini hal qilish mashinalar konstruksiyasini, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ekspluatatsiya va ta’mirlash sifatini oshirish orqali yechish mumkin.
Ta’mirlash sikli strukturasi - bu ikkita kapital ta’mirlash o‘rtasidagi davrda ta’mirlash va profilaktik operatsiyalarni ma’lum tartibda joylashtirilgan ro‘yxatdir. Ta’mirlash sikli strukturasini tashkil etuvchi elementlariga rejadagi ta’mirlash - kapital, o‘rta, kichik hamda profilaktik ko‘riklar kiradi. Masalan, yengil va o‘rta metall qirquvchi stanoklarni ta’mirlash sikli quyidagi ishlar ketma-ketligidan iborat:
|
| |