Ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirish yo‘llari




Download 159,15 Kb.
bet8/8
Sana06.02.2024
Hajmi159,15 Kb.
#152158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tamirlashni standartlari

4. Ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirish yo‘llari
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dastgohlar kapital ta’mirlangandan so‘ng kelgusi ta’mirlashlararo sikl ancha qisqaradi. Masalan, 20 yil ishlayotgan dastgohni ta’mirlashlararo sikli 10 yil ishlatilayotgan dastgohga qaraganda 20%ga kam. Ikkinchi ta’mirlashlararo sikl davomida dastgohlarni joriy ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlari birinchiga qaraganda o‘rtacha 9-15%ga, uchinchi sikl 18-26% va to‘rtinchi sikl 25-35% ga ortadi. Shu sababdan ta’mirlash xo‘jaligidagi ikki muhim muammo: dastgohlarni ta’mirlashni ixtisoslashtirish va bir joyga to‘plash (konsentratsiyalash), uni sanoatlashtirish (industrlashtirish) va ta’mirlash xizmatini ehtiyot qismlar bilan ta’minlash yo‘llarini qidirib topish shu kunning muhim masalalaridan biridir.
Sanoat sohasida ta’mirlash xo‘jaligini ixtisoslashtirish yetarli darajada emas. Aytarli barcha turdagi dastgohlar ta’mirlash sexlarida yakka dastgohlar ishlatilayotgan ta’mirlash uchastkalarida amalga oshiriladi. Dastgohni ta’mirlashda ta’mirlashning yakka turi juda katta mehnat sarfi talab qiladi. Masalan: 1K62 markali tokarlik stanogini kapital ta’mirlashga mehnat sarfi yangi dastgohni tayyorlashga qilingan sarfdan ikki marta ortiq. Mehnat sarfini yuqori bo‘lishiga sabab, ta’mirlovchi ishchilar mehnatini mexanizatsiyalashtirish darajasining pastligi bo‘lib, u hatto katta ta’mirlash xo‘jaliklarida ham bor-yo‘g‘i 20-30%ni tashkil qiladi. Ta’mirlash ishlarini ixtisoslashtirish asosida qayta tashkil qilish, uni ta’mirlash operatsiyalarini sanoatlashtirilgan usulga o‘tkazishga va shu bilan birga ta’mirlash xo‘jaligining texnik darajasini oshirish asosiy ishlab chiqarish talabini qondirish uchun jalb qilingan texnika va kuchni qisman ozod qilish imkoniyatini beradi. Ta’mirlashni ixtisoslashtirish ta’mirlash sifatini oshiradi, uni bajarish muddatini qisqartiradi, material sarfini kamaytiradi, natijada bir ta’mirlash birligini ta’mirlashga xarajatlar sarfi kamayadi.
Ta’mirlash xo‘jaligini ixtisoslashtirishni birinchi bosqichi - ma’lum dastgoh turini ta’mirlash ishlarini bajaruvchi ta’mirlash sexlarini tashkil qilishdan iborat. Ikkinchi bosqichi ta’mirlash zavodlarini tashkil qilish, ularni ma’lum mashina va agregatlar turlarini ta’mirlash, zamon talabiga mos holda takomillashtirishga va turli dastgohlarga ehtiyot qismlarni tayyorlashga ixtisoslashtirishdan iborat. Bunday zavodlar ilg‘or texnika bilan qurollanishi, yig‘ish operatsiyalarida ham, ehtiyot qismlar, uzellarni tayyorlashda ham unumdorligi yuqori bo‘lgan texnologiyadan foydalanishi mumkin.
Ta’mirlash ishlarini ratsional tashkil qilishning muhim tomoni, ularni ehtiyot qismlar bilan ta’minlashdir. Tajribalardan ma’lumki, dastgohlarni ishlash muddati 15-25 yil, ularni modellari esa 6-8 yilda almashadi. Shunday qilib, dasgohlar korxonada 3-4 ta’mirlash siklida ishlaydi va ularni ta’mirlash uchun juda ko‘p ehtiyot qismlar talab qilinadi.
Har bir korxona o‘z ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni alohida o‘zi tayyorlashi uchun qo‘shimcha dasgoh va ishlab chiqarish maydonini talab qiladi. Masalan: ta’mirlash - mexanika sexida stanoklar ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti alohida stanoklar turlari bo‘yicha 0,2-0,5 ni tashkil qiladi. Shuning uchun mashinosozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlarni tannarxi ixtisoslashtirilgan korxonalarga nisbatan 3-5 barobar yuqori bo‘ladi. Bunday holatlar ehtiyot qismlarning maxsus dastgohlarini imkon qadar kengaytirish zaruratini tug‘diradi. Bunga ehtiyot qismlar va uzellarni ishlab chiqarishni takomillashtirishning quyidagi yo‘llari orqali erishish mumkin:

  1. Dastgoh tayyorlanayotgan zavodda unga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hajmini oshirish.

  2. Korxonada mavjud ta’mirlash mexanika sexlarini ma’lum turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish.

  3. Mamlakatning turli regionlarida ixtisoslashtirilgan ta’mirlash zavodlarini qurish.

Biroq shuni nazarda tutish lozimki, ehtiyot qismlar katta seriyalarda ishlab chiqarilgan taqdirdagina o‘z samarasini beradi. Shuning uchun har xil turdagi dastgohlarda bir-birini o‘rnini almashtira olishini ta’minlash maqsadida detallarni umumiylashtirish va unifikatsiyalashtirishni amalga oshirish lozim.
Ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabni qondirish yo‘laridan biri - yemirilgan detallarni qayta tiklash va ulardan qayta foydalanishdir. Tajribalar bunday yo‘llar bilan ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabning 20-25%ini qondirish mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq hozirgi kunda detallar juda kam miqdorda qayta tiklanganligini kuzatish mumkin.
Unga sabab korxonalarda dastgohlarni ta’mirlash va ehtiyot qismlarni tayyorlash tizimini markazlashtirilmaganligidir. Bunday sharoitda har doim ham yemirilgan detallarni iqtisodiy samara beradigan qilib ta’mirlashni tashkillab bo‘lmaydi, sababi buning uchun maxsus bilim, ma’lum texnika va ta’mirlash ishlarini konsentratsiyalashtirish darajasi yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Mamlakatimizdagi barcha korxonalar uchun ta’mirlash xo‘jaligini tashkil qilishda tashkil qilish muammosi yyechimiga bir xilda yondashib bo‘lmaydi. Katta korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari uchun ta’mirlash xo‘jaliklari muammolari bir yo‘l bilan kichik va o‘rta korxonalarda esa boshqa yo‘l bilan hal qiladi. Qabul qilinayotgan qarorlar asosiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashi lozim.

Xulosa:
Har bir korxona o‘z ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni alohida o‘zi tayyorlashi uchun qo‘shimcha dasgoh va ishlab chiqarish maydonini talab qiladi. Masalan: ta’mirlash - mexanika sexida stanoklar ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti alohida stanoklar turlari bo‘yicha 0,2-0,5 ni tashkil qiladi. Shuning uchun mashinosozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlarni tannarxi ixtisoslashtirilgan korxonalarga nisbatan 3-5 barobar yuqori bo‘ladi. Bunday holatlar ehtiyot qismlarning maxsus dastgohlarini imkon qadar kengaytirish zaruratini tug‘diradi. Bunga ehtiyot qismlar va uzellarni ishlab chiqarishni takomillashtirishning quyidagi yo‘llari orqali erishish mumkin: Ta’mirlash xo‘jaligini ixtisoslashtirishni birinchi bosqichi - ma’lum dastgoh turini ta’mirlash ishlarini bajaruvchi ta’mirlash sexlarini tashkil qilishdan iborat. Ikkinchi bosqichi ta’mirlash zavodlarini tashkil qilish, ularni ma’lum mashina va agregatlar turlarini ta’mirlash, zamon talabiga mos holda takomillashtirishga va turli dastgohlarga ehtiyot qismlarni tayyorlashga ixtisoslashtirishdan iborat.
Download 159,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 159,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirish yo‘llari

Download 159,15 Kb.