|
Reja: Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni
|
bet | 7/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 159,15 Kb. | | #152158 |
Bog'liq Tamirlashni standartlariDt - ta’mirlash davomiyligi;
N - ta’mirlash turiga mos holda bir birlik ta’mirlash ishlari uchun chilangarlik ishlariga mehnat sarfi me’yori, soat;
T - dastgohning ta’mirlash murakkabligi toifasi;
Ds - smena davomiyligi, soat;
K - ishchilarni nominal ish fondidan foydalanish koeffitsienti (odatda u 0,9 ga teng);
r - dastgohlarni ta’mirlash bilan band bo‘lgan ishchilar soni.
Ta’mirlash davomiyligini qisqartirishning asosiy yo‘llari: ta’mirlash ishlari ayniqsa, ta’mirlash mehnati hajmini 60-70% tashkil qiluvchi qo‘lda bajariladigan chilangarlik operatsiyalarini imkon qadar mexanizatsiyalash; ilg‘or texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni material va texnik tayyorgarligini to‘g‘ri tashkil qilish; har bir ta’mirlanayotgan dastgoh birligi bo‘yicha ish sohasini ta’mirlovchi brigadalar sonini ko‘paytirish va uning a’zolarini bir vaqtda parallel ishlashini tashkil qilish yo‘li bilan kengaytirish; ta’mirlovchi brigadalarni to‘g‘ri tuzish va zaruriy ish sharoiti bilan ta’minlash (ish joyini tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish) dan iborat.
Kapital va o‘rta ta’mirlashda dastgohlarni zamon talabi asosida takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dastgohlarni takomillashtirish mehnat unumdorligini 20-30% ga oshiradi.
Ta’mirlashning quyidagi tashkiliy shakllari mavjud:
Markazlashtirilgan, bunda ta’mirlashning barcha turlari va ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatishni ta’mirlash-mexanika sexi (TMC) bajaradi. Ta’mirlashni bunday turini dastgohlar narxi 2500-5000 ta’mirlash birligidan iborat bo‘lgan katta bo‘lmagan zavodlar uchun tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Markazlashtirilmagan, bunda sex ta’mirlash bazalari (CTB) ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishning barcha turlarini bajaradi, TMC esa, ehtiyot qismlarni tayyorlash, juda noyob va muhim dastgohlarni kapital ta’mirlash va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Ta’mirlashning bunday shaklini katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga moslashtirilgan zavodlarda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aralash-bu ta’mirlashning eng ko‘p uchraydigan shakli bo‘lib, unda TMC kapital ta’mirlash va boshqa ishlarni, CTB esa, kichik, o‘rta ta’mirlash, ko‘rik-kuzatuv va ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.
Ta’mirlash xo‘jaligini zavodning bosh mexanigi boshqaradi va u zavodning bosh muhandisiga bevosita bo‘ysunadi. Ta’mirlash xo‘jaligiga: bosh mexanik bo‘limi, ta’mirlash-mexanika sexi, sex ta’mirlash bazasi, charxlash, yog‘lash, ta’mirlash ustaxonalari kiradi. Bosh mexanik dastgohlarning holati, ROT tizimini tayyorlash va o‘tkazishga javob beradi va ta’mirlash xo‘jaligiga ma’muriy hamda texnik rahbarlikni amalga oshiradi. Bosh mexanik bo‘limi quyidagi bo‘linmalardan iborat: ta’mirlashni rejali-ogohlantirish byurosi, dispetcherlik byurosi, konstruktor-texnologik byuro, ko‘taruvchi-transport vositalari byurosi, yog‘lash xo‘jaligi byurosi va boshqalar.
Ta’mirlash xo‘jaligi ishining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga quyidagilarkiradi:
Bitta ta’mirlash birligiga to‘g‘ri keladigan ta’mirlanayotgan dastgohni bekor turish vaqti. U ta’mirlanayotgan barcha dastgohlarni jami bekor turish vaqtini ma’lum davrda ta’mirlanayotgan dastgohlar ta’mirlash birligi soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ta’mirlovchi ishchilarning mehnat unumdorligi. Bu ko‘rsatkich bajarilgan ish vaqtining (ta’mirlash birligida) ta’mirlovchi ishchilar soniga bo‘lib aniqlanadi.
Bir ta’mirlash birligi tannarxi (umumiy va ta’mirlash turlari bo‘yicha).
Bitta dastgohga material sarfini kamaytirish.
Bitta dastgohga to‘g‘ri keladigan rejalashtirilmagan ta’mirlash, buzilish va avariyalar soni (ROT tizimi samaradorligi ifodalaydi).
|
| |