• Ta’mirlash ishlari tannarxi
  • Ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va boshqarish




    Download 159,15 Kb.
    bet6/8
    Sana06.02.2024
    Hajmi159,15 Kb.
    #152158
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Tamirlashni standartlari

    3. Ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va boshqarish
    Ta’mirlash ishlari ROT tizimi me’yorlari asosida rejalashtiriladi. Ta’mirlash ishlarini yillik rejasi quyidagilarni: ta’mirlash ishlarining hajmi, ta’mirlash ishlarini o‘tkazish kalendar jadvali, ta’mirlash sexlarining ish bajarish qobiliyati, mehnat va ish haqi, materiallarga va almashuvchi detallarga bo‘lgan talab bo‘yicha, ta’mirlash ishlari tannarxi, ta’mirlashni moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.
    Dastgohlarni ta’mirlashning yillik rejasi zavodning bosh mexanigi tomonidan sex mexaniklari ishtirokida har bir dastgoh uchun tuziladi. Ta’mirlash ishlarini kalendar muddati dastgohlarning ishlashini qayd qilish jurnali ma’lumotlari, oxirgi ta’mirlangandan keyin o‘tgan davr mobaynida haqiqiy ishlanganlik soatlari va har yilgi oktyabr-noyabr oylaridagi texnik nazorat natijalari asosida aniqlanadi. Ta’mirlash ishlari yillik rejasiga ko‘rik-kuzatuv va rejali ta’mirlash kiradi. Navbatdagi ta’mirlash turi ta’mirlash sikli strukturasi bo‘yicha belgilanadi. Ta’mirlash ishlarining yillik hajmi ta’mirlash sikli bo‘yicha har bir turdagi va o‘lchamdagi dastgoh va ta’mirlash turi uchun aniqlanadi.
    Demak, dastgohlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha yillik ish hajmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    (8.4)
    bunda,
    Skap - kapital ta’mirlash bo‘yicha yillik ish hajmi.
    Ndast - bir turdagi dastgohlar soni, Tm-dastgohni ta’mirlash murakkabligi toifasi;
    Mv­ - bir dona dastgohni ta’mirlash uchun chilangarlik ishlariga vaqt sarfi me’yori, soat;
    Ks.ta’m - ta’mirlash sikli koeffitsienti yoki ayni turdagi dastgohni bir yil davomida qilingan ta’mirlar soni.
    Xuddi shu tartibda o‘rta va kichik ta’mirlash uchun ham yillik ish hajmini aniqlash amalga oshiriladi.
    Ta’mirlash ishlarining yillik hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan ta’mirlovchi chilangar (Chta’m) soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    (8.5)
    bunda, 
    Skap, So‘r, Skich, St.x -kapital, o‘rta, kichik, ta’mirlash va texnika xizmatning yillik ish (hajmi);
    Ffoy - ishchining bir yildagi foydali ish vaqti fondi, soat.
    Ba’zi ta’mirlash ishlarining hajmi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan holda kichik ta’mirlash va ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchilarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni (Chr) ni xizmat ko‘rsatish me’yori va mavjud dastgohlar sonini ta’mirlash murakkabligi birligiga o‘tkazish orqali aniqlanadi.
    (8.6)
    bunda, 
    M - xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarninig murakkabligi birligidagi umumiy soni;
    N - ta’mirlash murakkabligi birligidagi obyektlarga xizmat ko‘rsatishning rejadagi me’yori;
    S - smenalar soni;
    Kn - ishchilarning rejalashtirilgan ish vaqti yo‘qotilishini hisobga oluvchi koeffitsient bo‘lib, u odatda Kn=0,9 ga teng.
    Ta’mirlash ishlari tannarxi xarajatlar smetasini tuzish orqali aniqlanadi. Xarajatlar smetasi quyidagi xarajatlar moddalarini o‘z ichiga oladi: asosiy va qo‘shimcha ish haqi, ta’mirlanadigan detallar qiymati (sotib olingan yoki boshqa sexlarda tayyorlangan); detallarni tayyorlash va ta’mirlash uchun asosiy va yordamchi materiallar (ayni sexdagi); elektr energiyasi, par, issiqlik, suv, boshqa sexlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lov, sex (ishlab chiqarish) xarajatlari, umumzavod (umumxo‘jalik) xarajatlari.
    Dastgohlarni ta’mirlash tannarxini rejalashtirish bir ta’mirlash birligi tannarxini kalkulyaciya qilish va kichik, o‘rta, kapital ta’mirlash xarajatlarning umumiy hajmini belgilash bilan amalga oshiriladi.
    Bir yillik ta’mirlash tannarxini hisoblash uchun ta’mirlash ishlarining o‘rtacha razryadi, o‘rtacha soatlik tarif stavkasi va unga qo‘shiladigan qo‘shimcha ish haqi hamda ish haqiga qo‘shilgan mablag‘lar aniqlanadi. So‘ngra asosiy va qo‘shimcha materiallarga, energiyaga xarajatlar me’yorlar bo‘yicha ular bo‘lmagan holda, hisobotlar ma’lumotlarini tahlil qilish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Bir-birlik ta’mirlashning rejadagi tannarxi bo‘yicha stanok, dastgohlarning barcha turdagi ta’mirlash ishlari tannarxi aniqlanadi. So‘ngra asosiy va qo‘shimcha materiallarga, energiyaga xarajatlar me’yorlar bo‘yicha ular bo‘lmagan holda, hisobotlar ma’lumotlarini tahlil qilish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Bir-birlik ta’mirlashning rejadagi tannarxi bo‘yicha stanok, dastgohlarning barcha turdagi ta’mirlash ishlari tannarxi aniqlanadi.
    Dastgohlarni ta’mirlashga sarflangan xarajatlarini kamaytirishning ikkita yo‘nalishi mavjud: majburiy bajarilgan ta’mirlash ishlari tannarxini kamaytirish va ta’mirlash ishlari hajmini qisqartirish.
    Birinchi yo‘nalish - dastgohlarni ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish, ta’mirlash ishlari texnologiyasini takomillshtirishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ta’mirlash xizmati ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish, mehnatga haq to‘lash va me’yorlashtirishni tashkil qilish; ta’mirlash xodimlarining ilmiy asoslangan hisoblardagi soni; ta’mirlash xizmati ishlovchilarining huquq va majburiyatlarini ishlab chiqish; ishlovchilarning ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash; ta’mirlash xizmati ishchilarining bir necha kasbni egallashi; ta’mirlovchi ishchilar malakasini oshirish; ta’mirlashga tayyorlash texnologiyasini yaxshilash; mexnatga haq to‘lashning progressiv usullaridan foydalanish; ta’mirlash ishlarini mexanizatsiyalash; emirilgan detallarni tiklashning yangi usullarini va yangi, chidamliligi yuqori bo‘lgan materiallarni qo‘llashdir.
    Ikkinchi yo‘nalishda -ta’mirlash ishlarini rejalashtirish, takomillashtirish va mehnat vositalarini texnik takomillashtirish; ROT tizimini to‘la hajmda qo‘llash; chetdan ehtiyot qismlar keltirilishini kamaytirish; dastgohlar konstruksiyasi takomillashtirish, dastgohlarni unifikatsiyalash; dastgohlarni ekspluatarsiya qilishni yaxshilash; ta’mirlash va ta’mirlashlararo xizmat sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
    Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda dastgohlarni ta’mirlashga to‘xtatishni kalendar rejalashtirish amalga oshiriladi, ya’ni har bir birlik dastgohni ta’mirlash turlarini boshlash oylarini quyidagi hollarni hisobga olgan holda belgilash: 1) dastgohlarning haqiqiy holati (oxirgi ta’mirlangan oyi, ta’mirlash sikli strukturasi, ta’mirlashlararo davr davomiyligi); 2) ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish talablari; 3) bir xil markadagi dastgohlarni ta’mirlashni bir necha turlarini vaqt bo‘yicha to‘plash imkoniyati.
    Kalendar reja yillik grafik ko‘rinishida rasmiylashtirilib, unda dastgohning nomi, murakkablik toifasi, oxirgi kapital ta’mirlangan kuni, oylar bo‘yicha rasmiylashtirilgan ta’mirlash turi va ularning ish turi bo‘yicha me’yor - soatdagi ish hajmi (chilangarlik, stanokli), ta’mirlash munosabati bilan dastgohni to‘xtab turishi ko‘rsatiladi.
    Ta’mirlash-mexanika sexining ish bajarish qobiliyati uning ishlab chiqarish quvvatini dastgohlarni ta’mirlash talablariga mosligini aniqlash uchun hisoblanadi. Ta’mirlash dastgohlari parki bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:

        1. Zavod vositalari bilan ta’mirlash xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi dastgohlar soni.

        2. Mexanika - ta’mirlash sexlari va ta’mirlash uchastkalarining ishlab chiqarish sexlaridagi dastgohlar soni.

        3. Ta’mirlash xo‘jaligi stanok parki va ularga xizmat ko‘rsatuvchi dastgohlar parki o‘rtasidagi zaruriy nisbatni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar me’yori.

    Ta’mirlash davomiyligi dastgohning murakkabligi va boshqa konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Ta’mirlash davomiyligini hisoblash, ta’mirlash turlarini ka-lendar rejasini tuzish va dastgohlarni to‘xtab qolishini me’yorlashtirish uchun zarur. Ta’mirlash davomiyligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    (8.7)
    bunda,

    Download 159,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 159,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va boshqarish

    Download 159,15 Kb.