|
Reja: Ta’mirlash xo‘jaligining vazifalari va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni
|
bet | 3/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 159,15 Kb. | | #152158 |
Bog'liq Tamirlashni standartlariKichik ta’mirlash deb, rejadagi kelgusi ta’mirlashgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida dastgohlarni bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida ish hajmi bo‘yicha kichik bo‘lgan, ya’ni tez emiriluvchi detallarni qayta tiklash yoki almashtirish mexa-nizmlarini sozlashga aytiladi.
Tez yemiriluvchi detallarga xizmat ko‘rsatish muddati kam bo‘lgan detallar kiradi.
O‘rta ta’mirlash - rejadagi kelgusi o‘rta yoki kapital ta’mirlashgacha dastgohlarni TST (OST) yoki texnik shartlarga javob beradigan holatda saqlab turish maqsadida yemirilgan detallarni almashtirish orqali qayta tiklashdan iborat. Ta’mirlashning bu turi, odatda, kichik ta’mirlash jarayoniga qo‘shib amalga oshiriladi.
Har yili kichik va o‘rta ta’mirlash zarur bo‘lgan dastgohlar soni dastgohlar turi va ishlab chiqarish turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish turida ishlab chiqaruvchi dastgohlarni kichik ta’mirlash 65%, o‘rta ta’mirlash-20% ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turida esa, kichik ta’mirlash 100%, o‘rta ta’mirlash -35%ni tashkil etadi.
Kapital ta’mirlash deb, hajmi bo‘yicha rejali ta’mirlashning eng kattasi bo‘lib, dastgohlarni qismlarga to‘liq ajratish, yuvish, artib tozalash, asosiy detallarni ta’mirlash, yeyilgan detal va uzellarni almashtirish, ba’zi detallarni qayta tiklash, dastgohni aniqlikka unumdorlikka tekshirishga aytiladi. Kapital ta’mirlash paytida dastgohlar zamon talablariga muvofiq ravishda takomillashtiriladi (modernizatsiya qilinadi).
Shuni e’tiborga olish lozimki, amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarni faqat to‘la tiklash uchun sarflanadi, boshqa barcha ta’mirlash turlari (joriy, o‘rta, kapital) asosiy fondlarni ta’mirlash uchun xarajat me’yorlari bo‘yicha mahsulot va xizmatlar tannarxiga qo‘shish orqali tashkil qilingan ta’mirlash fondi vositasi hisobiga amalga oshiriladi.
Yillik rejada ko‘zda tutilmagan va avariya holatlari natijasida buzilgan dastgohlarni ta’mirlash rejadan tashqari ta’mirlash deyiladi. Dastgohlarni ta’mirlash xizmati yaxshi tashkil qilinsa, rejadan tashqari ta’mirlashga ehtiyoj tug‘ilmaydi.
Turli sanoat tarmoqlarida ROT tizimi o‘ziga xos xususiyatga ega.
|
| |