|
Dastgohlarni rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi va
|
bet | 2/8 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 159,15 Kb. | | #152158 |
Bog'liq Tamirlashni standartlari2. Dastgohlarni rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi va
uning me’yorlari
Rejali- ogohlantiruvchi ta’mirlash (ROT) tizimi deb, dastgohlarni ekspluatatsiyaga doim tayyor holda turishi, kutilmaganda buzilishini oldini olish maqsadida ol-dindan tuzilgan rejaga muvofiq ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy va texnik tadbirlar majmuiga aytiladi. ROT tartibining profilaktik xususiyati har bir dastgohni zarur bo‘lgan barcha ta’mirlash turlari bilan ta’minlashni oldindan rejalashtirishdan iborat.
ROT tizimida dastgohlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar quyidagilarga bo‘linadi:
1) ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish;
2) vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan profilaktik operatsiyalar;
3) rejadagi ta’mirlash.
Ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish dastgohlarga kundalik qarash va nazorat qi-lishdan iborat. Bu xizmat turini to‘g‘ri tashkil qilish dastgohlarni xizmat ko‘rsatish muddatini ancha uzaytirish, uning ishlash sifatini saqlash, rejadagi ta’mirlashni tezlashtirish va arzonlashtirish imkoniyatini beradi. Dastgohlarga qarash va nazorat qilishga quyidagilar kiradi:
Ishchilarning ekspluataciya qilish qoidalariga rioya qilishi, dastgohlarni har kuni tozalash va yog‘lash, mexanizmlarni o‘z vaqtida sozlash va mayda buzilishlarni bartaraf qilish. Bu ishlarni agregatlarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning o‘zlari, ta’mirlash xizmati navbatchilari (chilangar, elektrik, yog‘lovchi) bajaradilar. Ta’mirlashlararo xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga halaqit bermagan holda agregatlar ishidagi tanaffus (tushki, smenalar o‘rtasidagi tanaffus) vaqtida bajariladi.
Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar:
dastgohlarni yuvish, uni aniqligini tekshirish va ko‘zdan kechirish, yog‘ni almashtirish ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu barcha davriy operatsiyalar ROT reja grafigi bo‘yicha ta’mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Yuqori changlanishli va ifloslangan og‘ir sharoitda ishlaydigan dastgohlar (cho‘yanga ishlov beruvchi, metall quyuvchi dastgohlar) yuvib turiladi. Yuvish ishlari ishdan tashqari paytda dastgohlarni bekor turib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda bajariladi. Yog‘ni almashtirish, odatda, maxsus grafik bo‘yicha ko‘zdan kechirish va rejali ta’mirlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Dastgohlarni aniqlikka tekshirish dastgohlar, uzellar, detallar holatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ulardagi yemirilish holatlari noaniqlikni keltirib chiqaradi. Bunday tekshiruvlar TNB (texnik nazorat bo‘limi) nazoratchilari tomonidan ta’mirlovchi chilangar yordamida ishdan tashqari paytda bajariladi.
Dastgohlarni ko‘zdan kechirish grafik asosida vaqti-vaqti bilan bajarilib boriladi va profilaktik tadbirlarning eng jiddiy bosqichi hisoblanadi.
Ko‘zdan kechirish rejali ta’mirlashlar o‘rtasida o‘tkaziladi va yeyilgan detallarni almashtirish, mayda ta’mirlash ishlari bilan qo‘shib olib boriladi. Bu ishlarni amalga oshirilishi dastgohni navbatdagi ta’mirlashgacha to‘xtovsiz ishlashiga yordam beradi.
ROT tizimi ta’mirlash xizmatini kichik, o‘rta va kapital ta’mirlashga ajratadi.
|
| |