Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni rivojlantirish istiqbollari. Hozirgi davrda Iqtisodiy tahlil kichik tizimi axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida to‘la ma’noda rivojlanayotgani yo‘q.
Yuqorida bayon etilgan axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida mazkur tizimning o‘rni, roli va mazmuni asosan nazariy bilimlar hamda shu bilan birgalikda amaliy tajribalarga asoslanib yoziladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining iqtisodiy tahlil funksiyalari hamda uni keng yoyish – uning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishi hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tizimini sifat jihatdan tinimsiz takomillashtirib borish ham ustuvor ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, bu bilan uning tobora samarali ishlashi ta’minlanadi.
Agar axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining rivojlanishi ikkinchi yo‘nalishdan borsa, u holda boshqaruvchi tizim (KIT) o‘z mohiyatini saqlab qolgan holda o‘zgaradi.
Ayni davrda axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining tarkibida texnologik jarayonlarning axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi (TJITABT) shaklining qo‘llanilishi ko‘proq samara bermoqda. Biroq bu xo‘jalik faoliyatini boshqarishning axborot texnologiyalarga asoslanishining bir tomoni bo‘lib, unda yangitdan yaratilayotgan iste’mol qiymatini tabiiy buyumlashgan jihati ifodalanadi. Lekin, mazkur jarayon aniq mahsulot qiymatini shakllanishi bilan chambarchas bog‘lanlangan va barcha sarflar xarajat ko‘rinishida hisobga olinadi. Shuning uchun axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini takomillashtirishning navbatdagi bosqichi TJITABTni xo‘jalik jarayonining iqtisodiy tarkibiy qismi, deb qaralib, butun boshqaruv obyektining muhim elementi tarzida faoliyati ta’minlanadi.
Boshqaruvning samaradorligiga ko‘p jihatdan ijtimoiy masalalar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur obyektni ham axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimiga kiritish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan korxonani ijtimoiy-iqtisodiy masalalari o‘rganib boriladi.
TJITABT bilan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish kichik tizimlarining birlashtirilishi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish, hisob, tahlil, tartibga solish va ularning boshqaruv funksiyalari bilan birgalikda rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi Iqtisodiy tahlil tizimida «Moliyaviy tahlil» qismini ham alohida obyekt sifatida tashkil etish shart. Chunki moliyaviy tahlil ma’lumotlari istalgan paytda foydalanuvchiga yetkazilishi yoki o‘rganilishi zarur bo‘lib qoladi. Bu bir tomondan tezkorlikni ta’minlasa, ikkinchi tomondan tahlil ishlarini osonlashtiradi.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish ishlarida mutaxassislar roli ham juda katta. Shuning uchun korxonalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil qila oladigan, uni samarali ishlashini ta’minlaydigan, ilg‘or yangiliklarni joriy etadigan mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini ham har doim bajarilishi lozim.
Metod – grekcha «methodos» so‘zidan olinib nazariya, ta’limot va amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘lidir. Keng ma’noda metod tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuningdek, haqiqatni bilishning vositalari, uslublari va yo‘llari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri korxonalar faoliyatida iqtisodiy-matematik usullardan hamda bu boradagi ilg‘or axborot texnologiyalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishdir. Ushbu tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga tatbiq etilishi iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Natijada korxona iqtisodiy faoliyatidagi juda ko‘plab omillar topiladi hamda o‘rganiladi, iqtisodiy resurslardan foydalanishning eng maqbul yo‘llari tanlanadi, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari ilmiy jihatdan asoslanadi hamda faoliyat samaradorligini oshiruvchi zaxiralar aniqlanib, ular maqsadga muvofiq yo‘naltiriladi.
Matematik usullar iqtisodiy tahlil vazifalarining ilmiy tasnifi hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish metodologiyasiga asoslangan holda qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil qilishda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan tizimga moslashtirish, iqtisodiy-matematik modellarni ishlab chiqish, korxonaning axborot manbalarini takomillashtirish, korxonani zamonaviy kompyuter vositalari bilan ta’minlash, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Iqtisodiy tahlil maqsadiga ko‘ra matematik usullar turli xil bo‘ladi. Misol uchun, integral, logarifm, korrelyatsiya, regressiya, matematik dasturlash, nazariy o‘yin va shu kabilar.
Determinallashgan modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi
tahlili
Determinizm lotincha «determino» so‘zidan olingan bo‘lib, voqealarning obyektiv qonuniyat asosida o‘zaro bog‘langanligi hamda shartlanganligi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Determinallash asosida sababga ko‘ra amalga oshadigan, ya’ni aniq sharoitda bir voqea (sabab) boshqa voqeani (oqibat) keltirib chiqaradigan holatlardagi bog‘liqliklar yotadi.
Determinallashgan tahlil – tadqiq etilayotgan voqeani (o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni) bevosita omillarga bo‘lib o‘rganishdir. Bevosita omillar –
bog‘lanishlari uzluksiz zanjirlar asosida modellashtirib quriladigan hamda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni shakllantirayotgan hamda ta’sir miqdorini o‘lchash mumkin bo‘lgan alohida voqealardir. Bu yerda tadqiq etilayotgan ko‘rsatkich (voqea) omillar hosilasi bo‘lib qaraladi. Misol uchun, tovar mahsuloti hajmining shakllanishi (TH) sanoat-ishlab chiqarish xodimlari soni (XS) hamda ishlovchilarga to‘g‘ri keladigan yillik o‘rtacha mahsulot hajmiga (O‘M) bog‘liq. TH= XS · O‘M.
Ushbu omillarni yanada detallashtirish mumkin. Sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonidan (XS) kelib chiqqan holda, uning tarkibida faqat ishchilarning solishtirma salmog‘i (Iss) topiladi, ya’ni Iss= (IS:XS)-100 %. Bu yerda, Is - ishchilar soni. Modellashtirish jarayonida bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulot (O‘MO ham topiladi, ya’ni O‘Mi = TH : Is. Omillarning mazkur tartibi asosida tovar mahsuloti hajmini (TH) quyidagicha hisoblash mumkin: TH = O‘Mi • Iss • XS yoki TH = (TH : Is) • Iss • XS.
Tovar mahsuloti hajmini model asosida tahlil qilishda uning shakllanishiga ta’sir etuvchi yana ko‘plab omillarni topish mumkin. Misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulotga (O‘MO ta’sir etgan omillarni alohida ko‘rib chiqish mumkin. Bu yerda, O‘Mi^O‘Ms-Ik'D), 0'MS -ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot, Ik- ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori, D - kun davomiyligi. Ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot (0'MS) hajmi quyidagicha topiladi: 0'MS= TH : (Ik • D). Bu holatda model beshta omildan shakllanganini ko‘rish mumkin. Ya’ni:
TH = (TH : (Ik • D)) • (Ik • D • Iss • XS).
Determinallashgan model qurilishida quyidagilar nazarda tutiladi: uzluksiz zanjirdagi bevosita bog‘liqliklarning davomiyligi asosida omillar miqdori aniqlanadi; ular mantiqiy jihatdan tanlanadi; tahlil yo'H bilan modellashtirilgan ko‘rsatkichlar va omillarning miqdoran hamda mantiqiy muvofiqligi aniqlanadi.
Determinallashgan modelda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga uni shakllantirgan barcha omillarni alohida-alohida ta’sirini aynan bir vaqt bo‘yicha aniqlash imkoniyati mavjud emas.
Determinallashgan omilli tahlilda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga har bir omilning ta’sir miqdori ularni xolislantirishga asoslangan usullar vositasida amalga oshiriladi .
|