• 1. Retrospektiv tahlil
  • 3. Reja-faktli tahlil
  • Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari




    Download 320 Kb.
    bet7/22
    Sana22.07.2021
    Hajmi320 Kb.
    #15498
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    1.2. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari

    Iqtisodiy tahlil jarayonida turli xil axborotlar hamda ma’lumotlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning to‘g‘ri, aniq, ishonchli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida olinishi tahlil natijalarining samaradorligini oshiradi.

    Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun muayyan shakl va mazmunga ega iqtisodiy hodisa, voqea va xo‘jalik jarayonlarini qayd etish yoki qayta hisoblab tegishli manbalarda darak yoki ko‘rsatkich ko‘rinishida aks ettirish iqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlar hisoblanadi.

    Iqtisodiy tahlilda foydalanuvchilarga uzatiladigan xabar tavsifiga ega ma’lumotlar yoki ularning to‘plami axborot tushunchasini beradi.

    Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar hamda axborotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    – iqtisodiy ma’lumotlar;

    – huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;

    – ilmiy-texnik ma’lumotlar;

    – tabiiy-ekologik ma’lumotlar;

    – benchmarking ma’lumotlari;

    – boshqa ma’lumotlar.

    Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘lami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga bo‘linadi. Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja, hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi ma’lumotlari, turli xil texnologik ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi – tashqi iqtisodiy ma’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ma’lumotlar,raqobatdosh korxona ma’lumotlari, tarmoqdagi o‘rtacha

    ko‘rsatkichlar va shu kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.



    Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar xalqaro va mamlakatda amal qilayotgan barcha qonunlar, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar hamda aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona a’zo bo‘lgan turli uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat bo‘ladi.

    Ilmiy-texnik ma’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborotlardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tabiiy-ekologik ma’lumotlar tabiat, yer, suv, havo, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlardan iborat bo‘ladi.

    Benchmarking ma’lumotlari ro‘y berishi mumkin bo‘lgan, biroq ehtimoliy ma’lumotlardir. Mazkur ma’lumotlar barcha ma’lumot va axborotlarni qayta ishlash yo‘li bilan yoki voqealar rivoji bilan evristik usulda shakllantiriladi.

    Boshqa ma’lumotlarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiiy-ekologik, benchmarking kabi manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, ularga ommaviy-axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televideniyedagi keltirilgan axborotlar kiradi.

    Turli axborot va ma’lumotlarni tahlil jarayonlarida qo‘llash natijalarning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona bo‘lishiga asos sanaladi.

    Iqtisodiy axborotlar boshqa turdagi axborotlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:


    • Hujjatlashganligi. Barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.

    • Turli xil bo‘lishi. Hodisa va voqealar ko‘p manbalarda qayd etilishi, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi.

    • Ommaviyligi va hajmining kengligi. Ko‘pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.

    • Davr oralig‘ida takrorlanib turishi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar
      muntazam to‘lg‘azilib tegishli yuqori tashkilotlarga belgilangan davrda
      topshiriladi. Hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib
      axborotlar tuziladi.

    • Qonunlashganligi va chegaralanganligi. Barcha yuqori organga
      topshiriladigan yoki ochiq e’lon qilinadigan iqtisodiy axborotlar davlat

    tashkilotlari, moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan talab hamda shakllarga asoslanib tuziladi. Bozor munosabatlarida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.

    - Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi. Iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning naslnomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi.

    Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob tizimi axborotlari tashkil etadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari esa iqtisodiy tahlilning axborotlari tarkibida yirik salmoqni egallaydi.

    Axborot va ma’lumotlar mazmuniga ko‘ra turli xil bo‘lishi, ularning manbalariga ham ta’sir etadi. Chunki har bir ma’lumot miqdor va mazmunini shakllantirib bera oladigan manbadan olinadi. Demak, manbalar tasnifi ham mazmun tasnifiga o‘xshashdir.

    Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:


    1. Haqqoniy va xolis bo‘lishi.

    2. Manbalar tahlil maqsadlari uchun moslashtirilgan hamda keng imkoniyatli bo‘lishi, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi kerak.

    3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘lchamlarda aks ettirilishi lozim.

    4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqlaniladi
      hamda ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turilishi taqozo etiladi.

    5. Manbalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan
      davrlari mosligi ta’minlanishi zarur.

    Ushbu talablarga javob beruvchi barcha axborot manbalari va ulardan foydalanish tahlil natijalarining aniq va sermazmun bo‘lishiga imkon yaratadi.

    Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarning ishonchliligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarining samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Barcha yig‘ma ma’lumotlarni har tomonlama to‘g‘riligi texnik va mazmunan turlar ajratilib tekshiriladi.

    Texnik tekshirish – axborot manbalarini arifmetik jihatidan to‘g‘riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro mos kelishini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir.

    Berilgan yo’nalishiga bog’liq ravishda moliyaviy holatni tahlil qilish quyidagi formalarda o’tkazilishi mumkin:

    1. Retrospektiv tahlil ( korxonaning moliyaviy holatining og’irlashgan tendensiyasi va muammosini tahlil qilish uchun mo’ljallangan, bunda oxirgi hisobot yili va joriy yilning hisobot davri uchun kvartal hisobi yetarli deb hisoblanadi).

    2. Istiqbolli tahlil( moliyaviy rejalarni ekspertiza qilish, ularni joriy holat va mavjud potensiali nuqtai nazaridan asoslanganligi va ishonchliligi uchun kerak).

    3. Reja-faktli tahlil (hisobot ko’rsatkichlarini rejadagidan uzoqlashish sababini aniqlash va baholash uchun talab qilinadi). Shu narsa ma’lumki, yillik va kvartal buxgalterlik hisoboti, analitik hisobotlar, bog’liqmas ekspertiza orqali olingan ma’lumotlar moliyaviy tahlil uchun asosiy informasion baza bo’lib hisoblanadi.

    Umumiy sifatiy tahlil korxonaning moliyaviy holatini baholashning bosh-lang’ich bosqichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu bosqichda taqdim etilgan hisobotning ishonchliligi, korxonada tashkil etilgan buxgalter hisobotining sifati baholanadi. Bunday proseduralar SWOT –tahlil metodini qo’llagan holda raqobotdosh o’lchovlarni taqqoslash matrisalarini qurish bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga bu bosqichda vertikal va gorizontal moliyaviy tahlil ham o’tkaziladi.

    Koeffisiyentli tahlil turli yo’nalishlar bo’yicha koeffisiyentlarni hisoblashni o’z ichiga oladi .

    - Mulkiy holatini baholash ko’rsatkichlari.

    - Likvidlik va kredit qobiliyatliligini baholash ko’rsatkichlari.

    - Moliyaviy muvozonatlikni baholash ko’rsatkichlari.

    - Ish faoliyati ko’rsatkichlari.

    - Rentabellikni baholash ko’rsatkichlari.

    Bu yo’nalishlar korxona moliyaviy holatini baholashda analitik proseduralarda asosiy rolni tradision egallaydi. Absolyut ko’rsatkichlardan nisbiylikka o’tish quyidagi faktorlarga bog’liq bo’ladi:

    - firma o’lchovining uning natijaviy ko’rsatkichiga ta’siri yo’qotiladi, nafaqat o’lchovni, balki korxonaning samarali faoliyat yuritishini ham baholash imkoniyati yaratiladi;

    - surat va maxrajlar bir xil birliklarda ifodalanadi, inflyasion jarayonlar va valyuta kurslarining ta’siri kamaytiriladi, korxonani boshqa korxonalar bilan taqqoslash imkoniyati paydo bo’ladi;

    - nisbiy ko’rsatkichlar aktivlar strukturasini optimalligini, moliyalashtirish manbalarini, shu bilan birga turli vaqt gorizontlarida ularning farqini baholash imkoniyatini beradi.

    U yoki bu moliyaviy ko’rsatkichlarni baholash uchun taqqoslash bazasi sifatida quyidagilar qo’llanilishi mumkin:

    1. Normativ qiymatga ega bo’lgan hujjatlar va qonuniy aktlar.

    2. Ko’rsatkichlarning ilmiy asoslangan optimal qiymatlari..

    3. Ko’rsatkichlarning soha bo’yicha o’rta qiymati.

    4. Analog korxonalarning xarakteristikalari.

    5. O’tgan davr uchun xususiy ko’rsatkichlar dinamikasi.

    Moliyaviy ko’rsatkichlarni interpretasiya qilishda paydo bo’ladigan muammoli holatlar ma’lum bir o’lchovda kompleks baholashga kiruvchi kichik sondagi ko’rsatkichlarni hisoblashga asoslangan moliyaviy holatni baholashning integral modelini ko’rsatib berish imkonini yaratadi.

    Bunda bu modellar mos xarakteristikalariga asosan korxonani u yoki bu guruhga kirishligini ko’rsatib beradi. Bunday tahlil asosida ma’lum bir muddatda korxonani moliyaviy holatini absolyut baholash imkoni tug’iladi, shu bilan birga uni o’zgarishi va taqqoslash tahlilini o’rganish mumkin bo’ladi.

    Shu bilan birga integral metodika moliyaviy holatni ekspress-tahlil uchun juda qulay bo’lib , u ko’p vaqtni va resursni talab qilmaydi.

    Butun dunyoda korxonalarning faoliyat yuritishidan asosiy maqsad a’lum bir tushumga ega bo’lish. Buning uchun korxona bozordagi o’z ulushini ko’paytiradi va xarajatini kamaytiradi.




    Download 320 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 320 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari

    Download 320 Kb.