Mavzuning dolzarbligi. Shuni takidlash kerakki, boshqarish tizimida yuqori malakali, tajribali va faol rahbarlar jamoasi tomonidan qabul qilingan har bir qarorlar har doim ham kerakli samarani bermaydi. Jamiyatni taraqqiy etishi natijasida bu muammolar yildan-yilga ortib borib o’z yechimini kutib turmoqda. Bu aytilganlar narsalarning hammasi ham to’laligicha barcha korxonalari ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga ham tegishlidir.
Korxonalarining moliyaviy holati – bu iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, ma’lum bir vaqt oralig’ida korxonaning moliyaviy xarajatlarini foydalanilishi va aylanishi ko’rsatkichlarini hamda ular asosida imkoniyatlarini rivojlanishida mablag’ holatini tahlil va bashorat qilishdan iborat bo’ladi.
Ishning maqsad va vazifalari. Korxonalarning moliyaviy holati mablag’ining tarkibi va joylashishi, ularning manbalarining tuzilmasi, mablag’ning aylanish tezligi, korxonaning o’z majburiyatlarini vaqtida va to’la bajarish imkoniyati, hamda boshqa faktorlar bilan xarakterlanadi. Ana shu faktorlarni tahlil va bashorat qilish informatsion tizimini yaratish muhim vazifalardan biridir.
Ushbu malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini optimal moliyalashtirish modellari va algoritmlarini yaratish bo’yicha olib borilgan ilmiy izla-nishlarning natijalarini bayon etish, hamda moliyalash-tirishni samaradorlik kriteriyasiga kiruvchi ba’zi bir ko’rsatkichlarni tahlil va bashorat qilish formulalarini keltirib chiqarishdan iborat.
Ilmiy-tatqiqot metodlari. Har qanday jarayonlarni imitasion modellashtirish barcha sohalarda turli model va algoritmlar yaratish texnologiyalarini qo’llash imkonini yaratmoqda. Imitasion modellar turli ishlab chiqarish sharoitlarida, shu jumladan o’quv jarayonini optimal boshqarish qarorlarini qabul qilishning qulay usul va metodlarini yaratadi.
Informasion tizimlarni imitasion kompyuterli modellari berilgan tizimni ichiga, shu bilan birga uning dinamikasiga to’g’ridan-to’g’ri yoki nisbatan ta’sir etuvchi faktorlarga kiruvchi jarayonlarni amalga oshiradi.
Boshqarishni sistemali tahlil qilish nuqtai nazarida faol tizim amalga oshiriladigan boshqarish jarayoniga bog’liq ravishda ichki va tashqi shartlarda vaqt bo’yicha tizim harakatini imitasion modelini yaratishni ko’zda tutadi.
Ishning ilmiy ahamiyati. Moliyaviy ko’rsatkichlarni interpretasiya qilishda paydo bo’ladigan muammoli holatlar ma’lum bir o’lchovda kompleks baholashga kiruvchi kichik sondagi ko’rsatkichlarni hisoblashga asoslangan moliyaviy holatni baholashning integral modelini ko’rsatib berish imkonini yaratadi.
Bunda bu modellar mos xarakteristikalariga asosan muassasani u yoki bu guruhga kirishligini ko’rsatib beradi. Bunday tahlil asosida ma’lum bir muddatda muassasani moliyaviy holatini absolyut baholash imkoni tug’iladi, shu bilan birga uni o’zgarishi va taqqoslash tahlilini o’rganish mumkin bo’ladi.
Boshqarishni tanlash qabul qilingan boshqarish qarorini sifatiy baholovchi optimallashtirish kriteriyasining tahlili asosida amalga oshiriladi.
Ishning amaliy ahamiyati. Zamonaviy tizimli tahlil va bashorat qilishda asosiy e’tibor murakkab tizimlarni boshqarishning matematik modellari va algoritmlarinini yaratishga bag’ishlangandir. Bunday tizimli tahlillar oliy o’quv yurtlarini moliyaviy holatini optimal boshqarish informasion tizim modellari va algoritmlarini yaratish bo’yicha ham olib borilmoqda.
Moliyaviy holatni tahlil qilishning asosiy maqsadi tayyorlash, asoslash va turli boshqarish qarorlarini qabul qilish uchun muassasa ichki muammolarini, shu bilan birga rivojlantirish sohasidagi, krizisdan chiqish, bankrotlik prosedurasiga o’tish, oldi-sotdi biznesini, investisiyani jalb etishni baholash va identifikasiya qilishdan iborat.
|