|
Allaberganova zilolaning tarmoq xavfsizligi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
|
bet | 1/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 36,06 Kb. | | #249251 |
024-21 GURUH TALABASI
ALLABERGANOVA ZILOLANING
TARMOQ XAVFSIZLIGI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mundarija:
Kirish 3
IoT hujum maydoni: tahdidlar va xavfsizlik yechimlari. 5
IoT xavfsizligining asosiy tahdidlari va zaifliklari 9
IoT Xavfsizligi Sinovi Va Eng Yaxshi 10 Ta Xavfsizlik Zaifligi 11
Muhokama va xulosalar 17
Foydalanilgan adabiyotlar 19
Kirish
An'anaviy axborot xavfsizligi dasturiy ta'minot va uning qanday amalga oshirilganligi bilan bog'liq bo‘lsa, buyumlar Internetida virtual dunyo jismoniy dunyo bilan birlashtirilgani sababli, xavfsizlik masalalari murakkabroq hisoblanadi. IoT ishlashi va xizmat ko‘rsatish ssenariylarining keng doirasi barcha kerakli qurilmalarni ulash qobiliyatiga bog'liq, foydalanuvchilar va xizmatlar esa IoT muhitida qurilmalar yordamida oʻzaro aloqada boʻlishlari, tizimga kirishlari, muammolarni bartaraf etishlari va maʼlumotlarni yuborishlari yoki qabul qilishlari mumkin boʻladi. IoT hozirgi kunga kelib keskin rivojlanib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra [1] tashkilotlarning qariyb 83 foizi IoT texnologiyasini joriy etish orqali o‘z samaradorligini oshirganligini ta’kidlamoqda, shu bilan birga elektron tijorat sohasidagilarning 94 foizi IoTni joriy etishning foydasi xavflardan kattaroq ekanligini ko‘rsatadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilga borib 93 foizi IoT texnologiyasini qo‘llaydi, IoT qurilmalari bozori esa 2027 yilga kelib 1,4 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Qurilmalar soni osishi va bu yo‘nalishdagi texnologik yechimlar keng ko‘lamda tadbiq etilishi bilan bir qatorda, IoT korxonalardagi xavfsizlikning zaif bo‘g'inlaridan biridir. 2019-yil uchun IoT-ga asoslangan hujumlar statistikasiga ko‘ra, o‘rtacha IoT qurilmasi ishga tushganidan atigi besh daqiqa o‘tgach hujumga uchraydi. ‘Sonic Wall’ kompaniyasining soʻnggi hisobotiga koʻra, 2022-yilning birinchi yarmida IoTga ulangan qurilmalarga zararli dastur (malware attacks) hujumlari soni 77 foizga oshgan https://www.veridify.com/). Hisobotda, shuningdek, to‘lovlarga oid hujumlar (ransomware attacks) 23% ga kamayganligi, biroq kriptografik (cryptojacking) hujumlar 30% ga, hujumga urinishlar esa 19% ga oshgani aniqlandi. So‘nggi bir necha yil ichida buyumlar Interneti nazariy tushunchadan ko‘plab tashkilotlar uchun asosiy ustuvorlikka ega yechimga aylandi. Kompaniyalar IoT qurilmalarini tarmoq infratuzilmalariga integratsiyalashgani sayin, ular to‘plangan ma'lumotlardan foydalanish va boshqarishning yangi usullarini izlashmoqda. IoT-ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar joriy etilishi, tarmoqlarga ulanishi mumkinligi sababli, ular yanada keng funksionallikka erishishlari mumkin. Biroq, bu butunlay yangi muammoni keltirib chiqaradi: barcha ma'lumotlarni himoya qilish, IoT ulanishi esa - agar himoyalanmagan bo‘lsa – ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Binobarin, IoT-ni asosiy ‘so‘nggi nuqta’ xavfsizligi va chekka xavfsizlik strategiyalarining bir qismi sifatida hisobga olish juda muhim. Maqolada IoT xavfsizligining zaif tomonlari, shuningdek, IoT muhitini mustahkamlash va tahdidni kamaytirish bo‘yicha amaliyotlar haqida ma’lumot olish kabilar keltiriladi.
|
| |