|
Massa berishning asosiy qonuni
|
bet | 26/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanMassa berishning asosiy qonuni. Ushbu qonun qattiq jismlar erishini o’rganish paytida rus olimi Shukarev tomonidan aniqlangan. Bu qonunga binoan, fazalarni Ajratib turuvchi yuzadan biror faza yodrasiga yoki teskari yo’nalishda massa berish yo’li bilan o’tgan modda miqdori fazalar konsentratsiyasi farqiga fazaga va jarayon davomiyligiga to’g’ri proporsionaldir.
Diffuzion chegaraviy qatlam nazariyasiga asosan tarqaluvchi modda suyuqlik oqimi yadrosidan fazalarni ajratuvchi yuzaga suyuqlik konvektiv oqimlari va molekulyar diffuziya yo’li bilan o’tadi. Ko’rilayotgan sistemada oqim yadrosi va chegaraviy diffuzion qatlamlar bor (8.4-rasm). Faza yadrosida moddaning tarqalishi asosan suyuqlik yoki gaz oqimi bilan amalga oshiriladi. Oqimlarning turbulent harakati davrida tarqaluvchi modda konsentratsiyasi o’zgarmas bo’ladi. Chegaraviy diffuzion qatlamga yaqinlashgan sari moddaning turbulent tarqalishi kamayadi va molekulyar diffuziya hisobiga massa berish ulushi ortadi.
Bunda, tarqaluvchi moddaning konsentratsiya gradiyenti hosil bo’ladi va fazalarni ajratuvchi chegaraga yaqinlashib borgan sari, uning qiymati oshib boradi. Shunday qilib, chegaraviy diffuzion qatlam atrofi – bu konsentratsiya gradiyenti hosil bo’lishi va o’sishi sohasidir. Undan tashqari bu yer – umumiy massa o’tkazishga molekulyar diffuziya tezligining ta’siri ko’payadigan sohadir.
G fazadan L fazaga tarqalayotgan modda miqdori M bo’lsin. Agar, fazalar yadrosidagi moddalar konsentratsiyasini yf va xf deb, fazalarni Ajratib turuvchi yuzadagi konsentratsiyalarni esa - yч va хч deb belgilasak, unda massa berish jarayonida o’tgan modda miqdorlarini quyidagi tenglamalardan aniqlash mumkin:
(17)
bu yerda, βy, βx – konvektiv va molekulyar oqimlar bilan modda uzatilishini xarakterlovchi massa berish koeffitsientlari: yч = yM va хч = хМ deb qabul qilinadi.
Massa berish koeffitsientining o’lchov birligi quyidagicha:
Massa berish koeffitsienti vaqt birligida jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi birga teng bo’lganda, yuza birligidan fazalarni ajratuvchi yuzadan fazaning yadrosiga yoki teskari yo’nalishda o’tgan modda miqdorini xarakterlaydi.
Massa berish koeffitsienti fazalarning zichligi, qovushqoqligi va boshqa xossalariga, suyuqlik harakat rjimiga, qurilmaning tuzilishiva o’lchamlariga bog’liqdir. Shuning uchun ham uning qiymatini tajriba yoki hisoblash yo’li bilan aniqlash qiyin. Lekin, har bir aniq sharoit va suyuqliklar uchun β ning qiymatini tajriba yo’li bilan topish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, massa berish koeffitsienti fizik ma’nosi bo’yicha massa o’tkazish koeffitsientidan farq qilsa ham, lekin bir xil o’lchov birligiga ega.
|
| |