|
Амалий машгулот№11
|
bet | 28/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanNazorat uchun savollar
Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.
7 – AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Absorbsiya jarayoni, absorberlarni balandligini aniqlash.
Maqsad: Absorbsiya jarayonini o’rganish. Аbsorbsiya jarayonini olib borish usullarini o’rganish.
Nazariy qism.
Umumiy tushunchalar.
Gaz yoki bug’larni gaz yoki bug’li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug’ absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo’lib, gaz yoki bug’ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.
Absorbtiv va absorbentlarning o’zaro ta’siriga qarab, absorbsiya jarayoni ikkiga bo’linadi: fizik absorbsiya, kimyoviy absorbsiya (yoki xemosorbsiya).
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma hosil bo’lmaydi. Agar, suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyiladi.
Ma’lumki, fizik absorbsiya ko’pincha qaytar jarayon bo’lgani sababli, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo’ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko’p marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda gaz aralashmlaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng maqsadda ishlatiladi.
Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun, kimyo, oziq–ovqat va boshqa sanoatlarda absorberlar ko’p qo’llaniladi.
|
| |