• Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari Gaz yoki bug‘larning, gaz yoki bug‘li aralashmalardagi komponentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya
  • Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
  • Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalarda tasvirlash
  • Absorbsiya Umumiy tushunchalar




    Download 1,01 Mb.
    bet1/11
    Sana24.06.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #265379
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Absorbsiya Umumiy tushunchalar

    organizmning xayot faoliyatida adsorbsiya jarayoni


    Reja:




    1. Absorbsiya

    2. Umumiy tushunchalar

    3. Adsorbentlar turlari va xususiyatlari

    4. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari

    Gaz yoki bug‘larning, gaz yoki bug‘li aralashmalardagi komponentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug‘ absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo‘lib, gaz yoki bug‘ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.
    Absorbtiv va absorbentlarning o‘zaro ta’siriga qarab, absorbsiya jarayoni 2 ga bo‘linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya).
    Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma yangi modda hosil bo‘lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyiladi, ya’ni kimyoviy absorbsiya.
    Ma’lumki, fizik absorbsiya ko‘рincha qaytar jarayon bo‘lgani sababli, suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo‘ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko‘p marta qayta ishlatish imkonini beradi. Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi. Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun kimyo,neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda absorberlar ko‘p ishlatiladi.




    Absorbsiya jarayonini olib borish usullari

    Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiрial chizmalar qo‘llaniladi:


    — parallel yo‘nalishli;
    — qarama-qarshi yo‘nalishli;
    — bir pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali;
    — ko‘p pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali.
    16- a rasmda parallel yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan. Bunda gaz oqimi va absorbent parallel (bir xil) yo‘nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda absorbtiv konsentratsiyasi katta bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bo‘lgan suyuq faza bilan to‘qnashuvda bo‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv
    konsentratsiyasi kichik bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
    16- b rasmda qarama-qarshi yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan.


    16- rasm. Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalarda tasvirlash:
    a – parallel; bqarama-qarshi; d – absorbent resirkulyatsiyasi bilan;
    e – absobtiv resirkulyatsiyasi bilan.
    Ushbu chizmali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to‘qnashuvda bo‘lsa, ikkinchi uchida esa konsentratsiyalari past fazalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
    Qarama-qarshi yo‘nalishli chizmalarda parallel yo‘nalishliligiga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo‘ladi. Lekin jarayonning o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo‘nalishliligiga nisbatan kam bo‘lgani uchun qaramaqarshi yo‘nalishli absorberning gabarit o‘lchamlari katta bo‘ladi.



    Download 1,01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,01 Mb.