• Sirtiy absorber
  • Absorberlar konstruksiyalari




    Download 1,01 Mb.
    bet3/11
    Sana24.06.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #265379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Absorbsiya Umumiy tushunchalar

    Absorberlar konstruksiyalari

    Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuvida bo‘ladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruhga bo‘linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.


    Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi. Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to‘qnashuv yuzasi kam bo‘lgani uchun bir nechta qurilma ketmaket qilib o‘rnatiladi.




    17- rasm. Sirtiy absorber: 1taqsimlagich; 2 – quvur; 3 – ostona.

    Suyuqlik va gaz qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlantiriladi.


    17- rasmda gorizontal quvurlardan tarkib topgan yuvilib turuvchi absorber tasvirlangan. Quvurlar ichida suyuqlik oqib o‘tsa, unga teskari yo‘nalishda gaz harakat qiladi. Quvurlar ichidagi suyuqlik sathi ostona (3) yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi.
    Absorbsiya jarayonida hosil bo‘layotgan issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar taqsimlash moslamasi (2) dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi. Sovituvchi suvni bir me’yorda taqsimlash


    uchun tishli taqsimlagich (1) qo‘llaniladi. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi. Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu absorberlarda fazalarning to‘qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo‘ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga quvurli, listasadkali, ko‘tariladigan qatlamli absorberlar kiradi.


    Quvurli absorberlarda suyuqlik vertikal quvurlarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama-qarshi yo‘nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yo‘nalishi quvurli absorberlarnikiga o‘xshashdir.
    Quvurli absorberlar tuzilishiga qarab qobiq-quvurli isiqlik almashinish qurilmasiga o‘xshaydi. Qurilmada hosil bo‘lgan issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar ichiga suv yoki boshqa
    sovuq eltkich yuboriladi.

    18- rasmda tekis, parallel nasadkali absorber tasvirlangan.


    Nasadkalar vertikal listlar ko‘rinishida bo‘lib, absorber hajmini bir nechta seksiyaga bo‘ladi. Absorberga suyuqlik quvur orqali uzatiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib turadi. Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklarning nisbiy harakat tezligiga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga ham harakatlanishi mumkin. Agar fazalar oqimining tezligi ko‘paysa, massa berish koeffitsiyentining qiymati va fazalar to‘qnashish yuzasi ortadi. Bunga sabab chegaraviy qatlamning turbulizatsiyasi va
    unda uyurmalar hosil bo‘lishidir.

    Download 1,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,01 Mb.