qurilmaning tepa qismidan chiqib ketadi. Тarelka,
quyilish quvuri
va ostona
shunday joylashtiriladiki,
suyuq faza, albatta, qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
Тarelkali absorberlar gidrodinamik rejimi, ma’lumki, istalgan konstruksiyali
tarelkalarning samara-dorligi, uning gidrodinamik rejimlariga uzviy bog‘liqdir.
Gazning tezligiga va suyuqlikni purkash zichligiga qarab barbotajli tarelkalarning 3 ta asosiy gidrodinamik rejimi bo‘ladi:pufakchali, ko‘рikli va oqimchali (injeksion).
Pufakchali rejim. Gazning tezliklari juda kichik va suyuqlik qatlamidan alohida pufakchalar holatida o‘tish davrida pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bu
rejimda tarelkadagi fazalar
to‘qnashish yuzasi kam bo‘ladi.
Ko‘рikli rejim. Gaz fazasining tezligi ortishi bilan teshiklardan chiqayotgan pufakchalar qo‘shilib oqim hosil qiladi. Тarelkadan ma’lum bir masofada qatlam qarshiligi tufayli oqim buziladi va ko‘p miqdordagi pufakchalarga ajrab ketadi. Natijada «gaz – suyuqlik»dispers sistema, ya’ni ko‘рik paydo bo‘ladi.
Ushbu rejimda gaz va
suyuq fazalar to‘qnashishi pufakchalar hamda gaz oqimi suyuq tomchilar sirtiga to‘g‘ri keladi. Ko‘рikli rejimda barbotajli tarelkalarda fazalarning to‘qnashish yuzasi maksimal miqdorga egadir.