|
Amaliy audit
|
bet | 154/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditTalab qilinadi:
Taqdim etilgan ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga mos kelishligini tekshiring.
Bunday vaziyatlarda auditor qanday ish yuritadi?
Buxgalteriya va soliq hisoblari maqsadlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining asosiy qoidalarini ochib bering.
Tekshiruv yakunlarini “Audit natijalari bo’yicha yozma xati” shaklida rasmiylashtiring.
masala. “ARK” MChJning moliyaviy hisobotlari auditida quyidagilar aniqlandi: Joriy davr auditida asosiy faoliyat turlari bo’yicha daromadlar tarkibida ya’ni, 9030 – “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” scheti bo’yicha 23600000 so’m, “Qo’shilgan qiymat solig’i” bo’yicha 6410 – “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” scheti bo’yicha 3600000 so’m aks ettirilgan. 21.04.2013 yildagi №371 shartnoma shartlariga ko’ra, “ARK” MChJ “EMIR” AJga uskunalar etkazib berishni (20000000 so’mlik) va uni montaj qilinishi (3600000 so’mlik qiymatda) amalga oshirishi kerak. Tekshiruvchiga buyurtmachiga 03.05.2013 yilda uskunalar chiqarilganligi, 04.05.2013 yilda bajarilgan ishlar dalolatnomasi, 25.05.2013 yilda buyurtmaga to’liq to’langanligini tasdiqlovchi to’lov topshiriqnomasi ko’rsatildi. “Huquq va majburiyatlar” shartlari tekshirilganda may oyida etkazib berilgan va montaj qilingan uskunalar uchun to’lov summasini tovar-transport yuk xatlari va kirim orderiga muvofiq “ARK” MChJ tomonidan 2013 yil avgustda olingani aniqlandi.
Kirim hujjatlari bo’yicha uning qiymati 15000000 so’mni, QQS – 2700000 so’mni tashkil qilgan. Mol etkazib beruvchilarga 17700000 to’langan. Montaj (payvanlash) ishlari xarajatlari 1500000 so’mni tashkil etgan. Jamiyat rahbarlari, buyurtmachi uskunalar haqiqatan ham avgust oyida kelgan bo’lsa ham, shartnomani may oyida bajarishni talab qilganligi haqida izoh berdi. Daromadlar va harajatlar yuzasidan buxgalteriya va soliq hisob hujjatlarida ko’rsatilgan sanalar bo’yicha, ya’ni to’liq summadagi daromadlar – aprelda, xarajatlar – mayda hisobga olingan.
|
| |