|
Amaliy audit
|
bet | 153/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
12 MAVZU. MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI USLUBIYOTINING MUAMMOLARI
1 masala. “Investmen” MChJning moliyaviy hisoboti auditida quyidagilar aniqlandi:
Tekshirilayotgan davr uchun “Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar” scheti bo’yicha oborot – qoldiq qaydnomasi ma’lumotlariga muvofiq quyidagi ma’lumotlar ma’lum bo’ldi: debet oboroti yo’q, kredit oboroti – 1500000 so’m, oxirgi hisobot sanasiga qoldiq – 1500000 so’m. Hisob siyosatida tekshirilayotgan davrda buxgalteriya va soliq hisoblari uchun shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar shakllantirish ko’zda tutilmagan. Tekshirishga o’rnatilgan talablar buzilgan holda tuzilgan № INV – 17 shakldagi hisob-kitoblar inventarizatsiyasi dalolatnomasi ko’rsatildi.
Jumladan, “Debitorlik qarzlari schyotlari” deb nomlanuvchi I-bandida debitorlar nomi ko’rsatilmagan holda shubhali qarzlar summasi aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida, shuningdek, foydadan soliq bo’yicha baza shakllantirishga 1500000 so’mlik xarajatlar hisobga olingan.
Talab qilinadi:
Ko’rsatilgan ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga mosligini tekshiring.
Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalilllar yig’adi?
Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining asosiy qoidalarini tushuntiring.
Tekshiruv yakunlarini “Audit natijalari bo’yicha yozma xati” shaklida rasmiylashtiring.
2masala. “Audit va konsalting” auditorlik tashkiloti “Qo’yma cho’yan zavodi” MChJning moliyaviy hisobotlari auditini o’tkazdi. Tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi: audit qilinayotgan MChJ cho’yandan keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqaradi. Jamiyatning ustav kapitali to’liq 15000000 so’m summada shakllantirilgan. 2014 yildagi jamiyatning sof foydasi 22000000 so’m miqdorda bo’ldi. Joriy yil boshiga (2014y) taqsimlanmagan foyda 94000000 so’mni tashkil etdi. “Qo’yma cho’yan zavodi” MChJ Nizomida sof foydadan maxsus maqsadlar uchun fond yaratish ko’zda tutilmagan. Ishtirokchilarning umumiy yig’ilishi qarori bilan ishchilarni moddiy rag’batlantirish, xayriya va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlar uchun tasdiqlangan smetaga muvofiq avvalgi davr yakunlari bo’yicha shakllantirilgan sof foydaning 20 % dan ortiq bo’lmagan qismini yo’naltirish qabul qilingan. Hisobot davri davomida direktorlar kengashining qaroriga ko’ra tasdiqlangan smetaga qo’shimcha ravishda korxona ishchisiga 300000 so’m moddiy yordam berilgan, “Hamdo’stlik” xayriya tashkiloti tomonidan notijorat xamkorlik sifatida 1000000 so’m miqdorda kirish badali to’langan; xayriya uchun 900000 so’m mablag’ yo’naltirilgan. “Qo’yma cho’yan zavodi” MChJ buxgalteriya hisobida yuqorida qayd etilgan 2200000 so’mlik joriy davr xarajatlari. “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” scheti debeti bo’yicha aks ettirilgan. Natijada qilingan xarajatlar joriy davrning moliyaviy natijalariga ta’sir etmagan.
|
| |