• 3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
  • AMALIY MASHG’ULOT №3 KOMPENSATSIYA QILINADIGAN REAKTIV QUVVAT MIQDORINI ANIQLASH Reja
  • Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr




    Download 242,79 Kb.
    bet5/12
    Sana13.12.2023
    Hajmi242,79 Kb.
    #118138
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1,2,3,4,5,6 Амалий иш

    2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr

    Nazariy qismda berilgan ifodalar yordamida ma’lumotlardan foydalanib, kimyo zavodining natriy sulfat sexi 1 misolida hisobiy yuklama aniqlanadi: Berilgan- Pn=1200 kVt, cosφ=0,85, F=1120 m2, Kt=0,62, Kt.yor=0,95, Psol.yor.=13 Vt/m2.


    1. 1-sexning hisobiy aktiv quvvat miqdori aniqlanadi:

    bu yerda: Pn va Kt qiymatlari 2 - ilovadan olinadi.
    2. Sexning hisobiy reaktiv quvvat miqdori aniqlanadi:

    bu yerda: tgφ qiymati 2-ilovada berilgan cosφ qiymatiga mos ravishda aniqlanadi.

    3. Hisobiy yoritish yuklama aniqlanadi:

    F – sex yuzasi bo’lib, korxona bosh planida berilgan sexlarning yuzasini topish orqali aniqlandi. Masalan ko’rib chiqilayotgan natriy sulfat sexi yuzasi quyidagicha aniqlanadi: F=a·b=32m·35m=1120mm≈1120m2. Hisob-kitob ishlarini soddalashtirish maqsadida shartli ravishda mmni to’g’ridan-to’g’ri m2 ga o’tkaziladi. Psol.yor va Ktyo qiymatlari 2 - ilovadan olinadi.
    4. Sexda iste’mol qilinayotgan natijaviy aktiv quvvat miqdori aniqlanadi:

    5. Aniqlangan aktiv va reaktiv quvvatlar yordamida sexning kompensatsiyadan oldingi to’la quvvat miqdori aniqlanadi:

    Zavodning qolgan sexlari uchun ham xuddi shu ifodalar yordamida hisobiy yuklamalar aniqlanadi.
    3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.

    Yuqoridagi ifodalardan foydalanib zavodning qolgan 14 ta sexida jadvaldagi ma’lumotlar asosida hisobiy yuklamani aniqlang?







    Sexning nomi

    Kate-
    goriyasi

    Pn,
    kVt

    Kt

    соs φ

    Psol,
    Vt/m2

    Kтyo

    F, m2

    1

    Natriy sulfat sexi

    2

    1200

    0,6

    0,85

    13,7

    0,95

    1120

    2

    Maydalash sexi

    2

    950

    0,55

    0,6

    14,3

    0,95

    400

    3

    Zavod boshqarmasi

    3

    100

    0,7

    0,65

    15,6

    0,9

    550

    4

    Sinov tekshirish bo’limi

    2

    750

    0,75

    0,8

    12

    0,85

    600

    5

    Nasosxona

    1

    850

    0,7

    0,75

    9,2

    0,95

    800

    6

    Kompressorxona

    1

    1000

    0,65

    0,7

    12

    0,9

    1200

    7

    Ftor tuzi sexi

    2

    800

    0,7

    0,8

    9,2

    0,95

    1500

    8

    Superfosfat sexi

    2

    900

    0,65

    0,7

    12,4

    0,95

    1400

    9

    Omborxona

    3

    90

    0,8

    0,85

    12

    0,95

    140

    10

    Eritmalar ombori

    3

    150

    0,75

    0,85

    15,6

    0,95

    200

    11

    Shlifovka korpusi

    2

    760

    0,8

    0,8

    9,1

    0,9

    250

    12

    Oshxona

    3

    80

    0,65

    0,65

    12,4

    0,85

    480

    13

    Gazogenerator sexi

    2

    380

    0,65

    0,6

    9,2

    0,95

    50

    14

    1-kislota bo’limi

    1

    1100

    0,75

    0,75

    15,6

    0,9

    195

    15

    2-kislota bo’limi

    1

    1600

    0,8

    0,5

    12,4

    0,95

    650




    Zavod bo’yicha:




    10710

















    AMALIY MASHG’ULOT №3
    KOMPENSATSIYA QILINADIGAN REAKTIV QUVVAT MIQDORINI ANIQLASH


    Reja:
    1. Nazariy qism.
    2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
    3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.


    1. Nazariy qism
    Sanoat korxonalarining elektr ta’minotini loyihalashtirishda ko’riladigan asosiy masalalardan biri – bu reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish masalasidir. Bizga ma’lumki, sistema generotori aktiv quvvat bilan birgalikda, generatorning tgφ–reaktiv quvvat koeffitsiyentiga bog’liq ravishda ma’lum miqdordagi reaktiv quvvat ham ishlab chiqaradi. Sanoat korxonalarining texnologik jarayonini tahlili shuni ko’rsatadiki, korxonalardagi asosiy kuch iste’molchilarini asinxron dvigatellar tashkil etadi. Aynan asinxron dvigatellar reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari, ya’ni umumiy ishlab chiqarilgan reaktiv quvvatning 60-65%ini iste’mol qiluvchilari hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, sanoat korxonalarida reaktiv quvvat iste’moli aktiv quvvatga nisbatan o’sib bormoqda. Elektr tarmoqlaridagi isroflar ifodalarini tahlil qiladigan bo’lsak:

    Yuqoridagi aktiv va reaktiv quvvatlar, kuchlanishning isrofi va yo’qotilishi ifodalaridan ko’rinib turibdiki, reaktiv quvvat isrofi tarmoqdan oqayotgan quvvat kvadratiga to’g’ri proporsional. Ya’ni, elektr tarmoqlari orqali qancha ko’p reaktiv quvvat iste’molchiga uzatilsa, tarmoqlardagi isroflar miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi. Bu esa texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarning yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun reaktiv quvvatni iste’molchilarga yaqin joyda ishlab chiqarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda reaktiv quvvat ishlab chiqaruvchi maxsus qurilmalardan foydalaniladi.
    Yuqorida keltirilgan mulohazalar quyidagi misol yordamida tushuntirib o’tiladi. Bunda ikki holat ko’rib chiqiladi. Birinchi holatda iste’molchiga zarur bo’lgan reaktiv quvvat to’gridan-to’g’ri energotizimdan uzatiladi. Ikkinchi holatda iste’molchi uchun zarur bo’lgan reaktiv quvvat iste’molchining o’zida ishlab chiqariladi. Ikki holat taqqoslanishi natijasida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalasining dolzarbligi va uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’siri aniqlanadi.
    1-holat. Iste’molchiga zarur bo’lgan reaktiv quvvat miqdori energotizimdan uzatiladi. Iste’molchining aktiv quvvatga talabi 500 kVt, reaktiv quvvatga bo’lgan talabi 450 kVAr deb olinadi.
    S=P+jQ=500+j450.
    Bu quvvatning liniya va transformatorlardagi isroflarini hisobga olib, stansiya generatoridan 600 kVt aktiv quvvat, 550 kVAr reaktiv quvvat uzatiladi.
    Demak, S=P+jQ=600+j550 miqdordagi quvvatni liniya va transformatorlar orqali o’tkazish uchun, shu quvvatni o’tkazadigan transformatorlar, havo va kabel liniyalari hamda kommutatsion apparatlar tanlanishi kerak.
    2-holat. Iste’molchiga zarur bo’lgan reaktiv quvvat miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqariladi. Bunda ham 1-holatdagi kabi iste’molchining aktiv quvvatga talabi 500 kVt, reaktiv quvvatga bo’lgan talabi 450 kVAr deb olinadi. Faqatgina 450 kVAr reaktiv quvvat energotizimdan uzatilmaydi. Bu quvvat maxsus kompensatsiya qurilmalari yordamida iste’molchining o’zida ishlab chiqariladi. Bunda quvvatlarning liniya va transformatorlardagi isroflarini hisobga olib, stansiya genaratoridan 600 kVt aktiv quvvat, 100 kVAr reaktiv quvvat uzatilishini ko’rish mumkin.
    Demak, biz S=P+jQ=600+j100 miqdordagi quvvatni liniya va transformatorlar orqali o’tkazish uchun, shu quvvatni o’tkazadigan transformatolar, havo va kabel liniyalari hamda kommutatsion apparatlarni tanlashimiz kerak.
    Ikki holat tahlil qilinsa, birinchi holatdagi S=P+jQ=600+j550 quvvatni uzatish uchun ikkinchi holatdagi S=P+jQ=600+j100 quvvatga nisbatan ko’p iqtisodiy sarf xarajatlar amalga oshiriladi. Bu bevostita katta quvvatdagi kuch transformatorlarning tanlanishi, havo va kabel liniyalari kesim yuzalarining kattalashishi bilan xarakterlanadi. Bu ko’rsatkichlar tizimning iqtisodiy ko’rsatkichlarini yomonlashtirsa, yuqoridagi isrof ifodalariga birinchi va ikkinchi holatdagi quvvatlar qiymatlarini qo’yib hisoblash natijasida isroflar miqdori orasidagi farqning yetarli darajada sezilishi, tizimning texnik ko’rsatkichlarining yomonlashishini ifodalaydi.
    Yuqoridagi holatlardan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish sanoat korxonalari uchun muhim masala ekanligini ko’rinib turibdi.
    Mazkur amaliy mashg’ulotda sanoat korxonasining sexlari uchun reaktiv quvvat kompensatsiya masalasi ko’rib chiqilib, bunda iste’molchining o’zida ishlab chiqariladigan va energotizimdan uzatiladigan reaktiv quvvatlar miqdori ifodalar yordamida hisob-kitob qilinib aniqlanadi.


    Download 242,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 242,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr

    Download 242,79 Kb.