|
Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr
|
bet | 6/12 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 242,79 Kb. | | #118138 |
Bog'liq 1,2,3,4,5,6 Амалий иш2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr
Misol tariqasida elektr ta’minoti loyihalanayotgan kimyo zavodining natriy sulfat sexi uchun reaktiv quvvatini kompensatsiyalash masalasi ko’rib chiqilib, kompensatsiyalovchi qurilmalar quvvati tanlanadi.
Natriy sulfat sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=446 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=734,6 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin?
Qkq=Ph∑* (tg1 – tg2)=734,6*(0,62-0,33)=205,3 kVar
bu yerda, tgφ1 – iste’molchining kompensatsiyaga qadar bo’lgan reaktiv quvvat koeffitsiyenti bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:
= =0,62
tg2 – normativ reaktiv quvvat koeffitsiyenti bo’lib, u 0,328 ga teng. Umumiy holda iste’molchining reaktiv quvvat koeffitsiyenti tg2=0,328 ga teng bo’lishi kerak. Bu esa aktiv quvvat koeffitsiyentining cosφ=0,95 ga teng bo’lishi bilan ifodalanadi. Quvvat koeffitsiyentlarining bu qiymatlarda bo’lishi, energotizimning normal ish holatini (tarmoqlardagi quvvat isroflarining ruxsat etilgan qiymatlarda ekanligini) xarakterlaydi. Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishning asosiy maqsadi ham, aktiv va reaktiv quvvat koeffitsiyentlarining me’yoriy ko’rsatkichlarini ta’minlashdan iboratdir.
Qkq qiymati 50 kVAr dan kam bo’lgan iste’molchilarda, kompensatsiya masalasi ko’rib chiqilmaydi. Sababi, yuqorida ta’kidlanganidek, kompensatsiya qilish maxsus kompensatsiyalovchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Qkq qiymati 50 kVAr dan past bo’lgan iste’molchilarda bu qurilmalarning o’rnatilishi o’zini iqtisodiy jihatdan oqlamaydi.
Temirchilik sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=700 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=980 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin?
Qkq=Ph∑* (tg1 – tg2)=980*(0,714-0,33)=376,32 kVar
bu yerda, tgφ1 – iste’molchining kompensatsiyaga qadar bo’lgan reaktiv quvvat koeffitsiyenti bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:
= =0,714
|
| |