3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
1-misol. Temirchilik sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=500 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=720 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin, Qkq=?
2-misol. Natriy sulfat sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=420 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=685 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin, Qkq=?
3-misol. Instrumental sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=1500 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=1780 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin, Qkq=?
4-misol. Metall sexining reaktiv quvvatga bo’lgan talabi Qh=700 kVAr va umumiy aktiv quvvat Ph∑=1368 kVt aniqlangan. Quyidagi ifoda yordamida ana shu Qh dan qancha miqdori iste’molchining o’zida ishlab chiqarilishi, ya’ni kompensatsiya qilinadigan quvvat miqdori aniqlansin, Qkq=?
AMALIY MASHG’ULOT №4
ELEKTR YUKLAMALARI KARTOGRAMMASINI QURISH VA BPP NING O‘RNATILISH JOYINI ANIQLASH
Reja:
1. Nazariy qism.
2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
1. Nazariy qism
BPP joylanish o’rnini tanlash uchun korxona bosh planiga yuklamalar kartogrammasi chiziladi. Kartogramma deganda har bir sex, ob’ektlar maydonlarida chizilgan doiralar tushuniladi. Ularning markazlari qilib ob’ektlar, sexlar planlarining markazlari olinadi. Chizilgan doiralarning yuzalari, olingan masshtabda, sex yuklamalariga teng bo’ladi. Sex yoki korxona yuklamalarining markazlari elektr energiya qabul qiluvchilarning simvolik markazi hsoblanadi. BPP va sex podstansiyalarini imkoniyat boriga ushbu markazga joylashtirish kerak. Bu esa yuqori kuchlanishli elektr energiyasini iste’molchilarga yaqinlashtiradi, yukqori va past kuchlanishli tarqatuvchi elektr tarmoqlarining uzunligini qisqartiradi, sarflanadigan o’tkazgichlar uzunliklarini kamaytiradi va elektr energiyasini nobudgarchiligini ozayishiga olib keladi. Bulardan tashqari kartogrammasi asosida elektr yuklamalarni korxona hududida qanday taqsimlanganligini tassavvur qilish imkoniyati yaratiladi.
yorug’lik yuklamasi;
past kuchlanish yuklamasi;
yuqori kuchlanish yuklamasi.
Kartogrammani aktiv va reaktiv yuklamalar uchun alohida-alohida qurish maqsadga muvofiqdir. Chunki aktiv va reaktiv quvvat iste’molchilarning korxona maydoni bo’yicha joylashishlari har xil bo’lib, ular ayrim-ayrim manbalarga ulanishlari mumkin.
Kartogramma doiralarining radiuslari quyidagi formulalardan aniqlanadi:
Bu yerda, Pxi - i-sexning hisobiy aktiv quvvati;
Qxi - i-sexning xisobiy reaktiv quvvati;
m - doira yuzini aniqlash uchun mashtab.
Aktiv yuklamalarning ta’minoti elektr sistemasidan bajarilsa, reaktiv quvvat man’basi sifatida mahsus kondensator batareyalarini, sinxron kompensatorlarni, reaktiv quvvatning ventilli statik manbalarini ishlatilishi mumkin. Reaktiv quvvat manbalarini o’rnatish joyi reaktiv quvvat kartogrammasi asosida yuklamalarning simvolik markazini aniqlash natijasida topiladi. Reaktiv quvvat kompensatorlari o’rinlarini noto’g’ri tanlash reaktiv quvvat oqimlarini elektr ta’minoti tizimi elementlaridan keraksiz xarakatlariga olib keladi va elektroenergiyaning qo’shimcha nobudgarchiliklariga sabab bo’ladi.
Bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) - bu korxona elektr ta’minotini amalga oshirishga mo’ljallangan bosh transformator podstansiyasidir. BPP dan barcha sex transformator podstansiyalari ta’minlanadi. Uning o’rnatish joyi yuklamalarning og’irlik markaziga to’g’ri keladi, ya’ni BPP katta quvvatli iste’molchilar hududida joylashadi.
Har bir sex koordinata qiymatlari va hisobiy yuklamalari yordamida korxonaning elektr yuklamalar markazi aniqlanadi:
bu yеrdа: Pi; Xi; Yi - i-chi sеxning hisоbiy аktiv quvvаti vа uning gеоmеtrik mаrkаzining kооrdinаtlаri.
Xo va Yo koordinata qiymatlar orqali korxonaning shartli elektr yuklamalr markazi aniqlanib, bosh planda ko’rsatib o’tiladi.
BPP o’rnatiladigan elektr yuklamalar markazi har doim ham hisob orqali aniqlangan nuqtada belgilanmaydi. Uni o’rnatish quyidagi faktorlar asosida amalga oshiriladi:
BPPga yuqori kuchlanish tomondan keladigan havo liniyasini ishchilar harakati taqiqlangan yoki kam qatnov hududlardan olib o’tish zarur;
BPPni imkon qadar katta quvvatli iste’molchilarga yaqinroq qilib joylashtirish kerak.
Hisob yordamida aniqlangan yuklamalar markazi yuqoridagi ikkita talabga javob bersagina, bu markaz korxonaning haqiqiy yuklama markazi hisoblanadi.
Elektr yuklamalar kartogrammasi bu – korxona bosh planida yuklamalarning qanday taqsimlanganligini tasavvur qilish maqsadida sex quvvatiga bog’liq ravishda aniqlangan radius asosida chizilgan doiradir. Doira sex yuklamalarining katta kichikligini ifodalaydi.
|