2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr
1-misol. Nazariy qismda berilgan ifodalar yordamida kimyo zavodining natriy sulfat sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=734,6 kVt, Ph.yo=14,6 kVt.
m=9 deb qabul qilamiz.
=7,150
2-misol. Nazariy qismda berilgan ifodalar yordamida metall zavodning sinov sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=850 kVt, Ph.yo=15 kVt.
m=10 deb qabul qilamiz.
=6,350
3-misol. Berilgan jadvaldagi iste’molchilar zavod hududida joylashgan mavjud sexlar. Ularning koordinata qiymatlari va hisobiy yuklamalari yordamida korxonaning elektr yuklamalar markazi aniqlanadi :
№
|
Sexning nomi
|
X, sm
|
Y, sm
|
Ph, kVt
|
1
|
Natriy sulfat sexi
|
19,5
|
7
|
400
|
2
|
Maydalash sexi
|
19,5
|
10,3
|
650
|
3
|
Zavod boshqarmasi
|
5
|
10,7
|
1500
|
4
|
Sinov tekshirish bo’limi
|
9,5
|
17,9
|
250
|
3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
1-misol. Berilgan ma’lumotlar asosida kimyo zavodining magniy sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=1504,6 kVt, Ph.yo=18,6 kVt.
m masshtab hisob ishlaridan kelib chiqib tanlanadi.
2-misol. Berilgan ma’lumotlar asosida metall zavodining erituv sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=1406 kVt, Ph.yo=12,6 kVt.
m masshtab hisob ishlaridan kelib chiqib tanlanadi.
3-misol. Berilgan ma’lumotlar asosida azot zavodining natriy sulfat sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=104 kVt, Ph.yo=11,6 kVt.
m masshtab hisob ishlaridan kelib chiqib tanlanadi.
4-misol. Berilgan ma’lumotlar asosida yog’-moy zavodining maydalash sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=750,6 kVt, Ph.yo=14,2 kVt.
m masshtab hisob ishlaridan kelib chiqib tanlanadi.
5-misol. Berilgan ma’lumotlar asosida alyumin zavodining temirchilik sexi uchun elektr yuklamalar kartogrammasi aniqlang? P∑h=651 kVt, Ph.yo=12,9 kVt.
m masshtab hisob ishlaridan kelib chiqib tanlanadi.
6-misol. Berilgan jadvaldagi iste’molchilar zavod hududida joylashgan mavjud sexlar. Ularning koordinata qiymatlari va hisobiy yuklamalari yordamida korxonaning elektr yuklamalar markazini aniqlang?
№
|
Sexning nomi
|
X, sm
|
Y, sm
|
Ph, kVt
|
1
|
Nasosxona
|
7,5
|
26,2
|
500
|
2
|
Kompressorxona
|
7,5
|
31,5
|
800
|
3
|
Ftor tuzi sexi
|
7,5
|
36,3
|
1400
|
4
|
Superfosfat sexi
|
7,5
|
39,7
|
250
|
7-misol. Berilgan jadvaldagi iste’molchilar zavod hududida joylashgan mavjud sexlar. Ularning koordinata qiymatlari va hisobiy yuklamalari yordamida korxonaning elektr yuklamalar markazini aniqlang ?
№
|
Sexning nomi
|
X, sm
|
Y, sm
|
Ph, kVt
|
1
|
Omborxona
|
7,5
|
43
|
620
|
2
|
Eritmalar ombori
|
11
|
49,8
|
147
|
3
|
Shlifovka korpusi
|
20,2
|
48,8
|
750
|
4
|
Oshxona
|
25,5
|
41,5
|
320
|
8-misol. Berilgan jadvaldagi iste’molchilar zavod hududida joylashgan mavjud sexlar. Ularning koordinata qiymatlari va hisobiy yuklamalari yordamida korxonaning elektr yuklamalar markazini aniqlang ?
№
|
Sexning nomi
|
X, sm
|
Y, sm
|
Ph, kVt
|
1
|
Gazogenerator sexi
|
25
|
31
|
258
|
2
|
1-kislota bo’limi
|
20,4
|
31,5
|
145
|
3
|
2-kislota bo’limi
|
20,4
|
14,8
|
620
|
AMALIY MASHG’ULOT №5
TRANSFORMATORLARNING SONI VA QUVVATINI ANIQLASH
Reja:
1. Nazariy qism.
2 Transformatorlarning soni va quvvatini tanlashga oid misol
3. Nazorat savollari.
1.Nazariy qism
Sanoat korxonalarining elektr ta’minotini yaratishda BPP va sex transformatorlari soni va quvvatini tanlash katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri tanlangan transformator soni va quvvati elektr energiyasi ta’minotining uzluksizligini ta’minlaydi.
Transformatorlarning soni tanlanayotganda birinchi navbatda ularning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha kategoriyalarga ajratishga e’tibor beriladi. Bunda 1-va 2-kategoriya iste’molchilari ikki transformatorli podstansiyadan, 3-kategoriya iste’molchilari bir transformatorli podstansiyadan ta’minlandilar.
Transformatorlarni iste’molchilarga o‘rnatish ham kategoriyaga qarab amalga oshiriladi. Agar bitta transformator podstansiyasi yordamida bir nechta iste’molchilar guruhi ta’minlanayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda transformator 1- va 2-kategoriyali iste’molchilar joylashgan sexga o‘rnatiladi.
Transformatorlarning quvvatini tanlash quyidagi ikki usul bo‘yicha amalga oshiriladi:
1.Yuklanish koeffitsiyenti usuli. Bu usul bo‘yicha transformator quvvatini tanlashda yuklanish koeffitsiyentining kategoriyalar kesimida ruxsat etilgan quyidagi qiymatlariga qarab aniqlanadi.
Yuklanish koeffitsiyentining kategoriyalar kesimida ruxsat etilgan qiymatlari:
I kategoriya – 0,6 dan 0,7 gacha;
II kategoriya – 0,7 dan 0,75 gacha. Ba’zi hollarda 0,85 gacha;
III kategoriya – 0,85 dan 0,95 gacha.
Transformator podstansiyasining yuklanish koeffitsiyenti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
bu yеrdа:
Sist – transformator o‘rnatilayotgan iste’molchilar joylashgan sexning to‘la quvvati, kVA;
n – elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha o‘rnatiladigan transformatorlar soni (1- va 2-kategoriya iste’molchilari uchun n=2 ga, 3-kategoriya iste’molchilari uchun n=1 ga teng);
Str – sexga o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan transformator quvvati, kVA.
Umuman olganda transformatorlarni normal ish holatida yuklanishi 70-75% bo‘lishi kerak. Shu talablar bajarilgandagina transformator o‘zining passport ma’lumotlari bo‘yicha mo‘ljallangan muddatda (taxminan 20 yil) ishlashi mumkin.
2.Normal va avariya rejimlariga tekshirish usuli. Bu usul bo‘yicha transformatorlarning quvvati tanlanganda, tanlangan transformator quvvati quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
a) Normal ish rejimida: n·Str≥Sist
b) Avariya ish rejimida: 1,4·Str≥Sist
Avariya rejimida ifodalangan 1,4 avariya rejimi paytida transformatorni 40%ga o‘ta yuklash mumkinligini xarakterlaydi. Transformatorni avariya rejimida o‘ta yuklash uchun transformator normal ish rejimida maksimal 93% yuklama bilan ishlagan bo‘lishi lozim. Transformatorni o‘ta yuklash bir sutkada 6 soatgacha ruxsat etiladi, bu holat 5 sutkadan oshmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ikkinchi usul 2-va 3-kategoriya iste’molchilarga ega sexlarga transformator o‘rnatilayotganda qo‘llaniladi. Sex iste’molchilarini elektroenergiya bilan ta’minlashda 2 va 3 standart quvvatli transformatorlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
|