|
Kuchlanishi 0,4 kVli kabel liniyalarini tanlash
|
bet | 11/12 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 242,79 Kb. | | #118138 |
Bog'liq 1,2,3,4,5,6 Амалий иш3. Kuchlanishi 0,4 kVli kabel liniyalarini tanlash
Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan kabel liniyalarini tanlashda kuchlanishi 10 kVli liniyalardan farqli ravishda, qisqa tutashish tokining qiymati sharti bo‘yicha tanlanmaydi. Aksincha hisоbiy tоk tа’siridаn uzоq vаqt dаvоmidа qizish va tokning iqtisodiy zichligi sharti bo‘yicha tanlangan kesim yuza kuchlanish yo‘qotilishiga tekshiriladi. U quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
bu yеrdа Ih - hisоbiy tоk;
l – kabel liniyasining uzunligi, km;
r0, x0 – tanlangan kesim yuzaning аktiv vа induktiv qаrshiliklаri;
cos - istе’mоlchining aktiv quvvаt koeffitsiyent.
Kuchlanish yo‘qotilishining qiymati ±5% gacha ruxsat etiladi. Bu qiymat ±5% dan oshgan hollarda, kesim yuza standart qatordan bitta pog‘ona yuqoridan tanlanadi. Kesim yuza qiymati o‘zgarishi bilan ruxsat etilgan ±5% ga erishilmasa, kabel liniyasi uzunligining optimal variantlari ko‘rib chiqiladi.
4. Kabellarning ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlashga oid misol
10 kVli kabel liniyalari asosan BPP ni TP lar bilan bog‘lagan kabel liniyalari hisoblanadi. Bu KL-1 misolida ko‘rib chiqiladi.
KL-1 BPP va TP №1 ni bog‘laydi. Liniyadan o‘tadigan quvvat SKL-1= 1308 kVA ga teng. 10 kVli liniyalarning ko‘ndalang kesim yuzasini tanlash hisobi ikki shart bo‘yicha olib boriladi va 5-ilovadan natija bo‘yicha shu qiymatga eng yaqin undan katta bo‘lgan qiymatdagi kesim yuza tanlanadi.
Fhis=29 mm2 ni standart yuzaga keltiriladi. Fst=25 mm2 Irux.et=90 A .
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki shart bo‘yicha KL-1 uchun ko‘ndalang kesim yuzasi F=25 mm2 bo‘lgan, ikki zanjirli ААШВ-3x25 markali kabel liniyasi tanlanadi.
Zavodning qolgan sexlari uchun ham xuddi shu tartibda 10 kVli kabel liniyalari tanlanadi va 6-jadvalda ko‘rsatib o‘tiladi.
|
| |