Ishning nazariy qismi
Biotexnologiya-biologik jarayonlardan tehnika va sanoatda foydalanish. Bu jarayonlar (mutahassis biotehnolog ishtirokida) bioob'ekt yordamida kerakli natija olishga qaratilgan. Biologik texnologiya jarayonlari kimyoviy tehnologiya jarayonlaridan keskin farq qiladi. Biologik tehnologiya jarayonlarida asosiy komponent- bioob'ekt (virus, bakteriya, zamburug', o'simlik va hayvon hujayralari, biomolekulalar). Kimyoviy tehnologiyada bunday ob'ektlar ishlatilmaydi. Kimyoviy tehnologiyada qo'llaniladigan jarayonlar esa, masalan, yuqori temperatura, katta bosim biotexnologiyada qo'llanilmaydi. Biroq reaktsiyalar – ular hoh kimyoviy, hoh biokimyoviy bo'lsin, barchasi Le Shatel'e printsipiga bo'ysunadi.
Birgina (quyida ko'rsatilgan) umumlashgan shema biotexnologik jarayonlarning hammasini qamrab ololmaydi. Aksariyat jarayonlar yana bir qancha bo'linmalarga ajraladi. Masalan, baholash: bioob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko'ra qaysi oilaga mansubligi (akariotlar, eukariotlar, prokariotlar), bioob'ektlarning funktsional faolligi (biosintez, biotransformatsiya). Shuningdek, fermentatsiya va mahsulotni ajratish jarayonlari ham bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi.
Ozuqa muhiti ingredientlari
Ozuqa muhitini tayyorlash
Suv
Sterilizatsiya
Bug'
Inokulyat
Bioob'ekt
Ekish materiali
Fermenter
Suv
Havo
Bug'
Asosiy mahsulotni ajratish jarayonlari
Qo'shimcha mahsulotlar
Chiqindilar
Asosiy mahsulot
Qadoqlash, saqlash (jo'natish)
Zararsizlantirish
3-rasm.. Biotexnologik jarayonlarning umumlashgan shemasi.
Biotexnologiya jarayonlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
biologik
biokimyoviy
bioanalog
Birinchi guruhga (biologik) bevosita akariotlar, eukariotlar, prokariotlardan foydalanish kiradi. Ikkinchi guruh (biokimyoviy) jarayonlar fermentlardan foygalanishga asoslangan. Uchinchi guruh biotexnologiya jarayonlariga (bioanalog) esa tirik organizmlar moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlarni kimyoviy yo'l bilan sintez qilish kiradi. Bioanalog jarayonlarga antibiotiklar sintezini misol qilib keltirish mumkin.
|