Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




Download 4.64 Mb.
bet70/107
Sana01.07.2021
Hajmi4.64 Mb.
#15319
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Lipazalarning kimyoviy tarkibi

Lipazalarning ko'pchiligi murakkab oqsil bo’lib, ular aminokislotalar va karbonsuvlardan tashkil topgan.

Lipazalar lipid sirtiga yopishib, lipolitik reaktsiyalarni muvaffaqiyatli va samarali katalizlashi uchun ferment sirtida etarli darajada uzun bo’lgan gidrofob qism bo’lishi zarur. Gidrofob qism fermentni substrat bilan o’zaro munosabatga kirishini engillashtiradi. Ammo, lipazalarning aminokislotalar tarkibi o’rganilganda, kutilmagan natijalar aniqlandi. Lipaza fermenti tarkibida qutblanmagan aminokislotalar miqdori odatdagidek ekanligi va ferment sirtida gidrofil qism borligi aniqlandi. Masalan, qutblanmagan aminokislotalar qoldiqlarining qutblangan aminokislotalar qoldiqlariga nisbati katta emas; pankreatik lipazada bu nisbat 0.74, kalamushdan ajratilgan lipazada esa 0.72 ni tashkil etadi. Ayrim boshqa fermentlarda quyidagicha:


  • cho’chqadan ajratilgan ximotripsinogen A -0,80

  • cho’chqa ribonukleazasi -0,47

  • karboksipetidazaA1 -0,61

  • amilaza -0,67

Cho’chqa oshqozon osti bezidan ajratilgan lipaza (PPL) o’rganilganda, bu ferment 2ta glikolizlangan izoformadan:PPLAvaPPLBdan tashkil topganligi, bu formalarning aminokislotalar ketma-ketligi bir xil ekanligi va ularfaqat uglevod qismi bilan farqlanishi aniqlangan. Har ikkala izoformaning 1molida2.9 molN-atsetilglyukozamin, 3,8 mol mannoza va 0,5-1mol fukoza mavjud.

Keyinroq odam oshqozon osti bezidan ajratib olingan lipazalar (HPL) ham glikolizlangan ferment ekanligi va bu ferment tarkibida hamN-atsetilglyukozamin va mannoza borligi aniqlangan. Ammo, ot (HosL), qo’y(OPL) va qoramol(BPL)oshqozon osti bezidan ajratib olingan lipazalarda uglevod qism topilmagan.

Ma'lumki,Chromobacterium viscosum (CvL)dan ajratib olingan lipaza 2 ta barqaror holatdagi izoformalardan: CvLAvaCvLVdan iborat.Ularning molekulyar og'irligi tegishli ravishda 120 va 30 kDa. Past molekulyar og'irlikka (30 kilodalton) ega bo’lgan izoforma, yuqori darajada faollikka va barqarorlikka ega. U glikoproteid emas. Yuqori molekulyar izoforma (CvLA), umumiy lipaza miqdorini 30% ni tashkil etadi.

Geotrichum candidum zamburug'idan ham lipazani 2 ta izomeri ajratib olingan: GeL I (rJ 4,56) vaGeL II.





Download 4.64 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Download 4.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

Download 4.64 Mb.