Lipazaning inson organizmidagi asosiy funktsiyalari
Lipazaning barcha turlari inson organizmida yog´larni fraktsiyalarga ajratish, parchalash va qayta ishlash uchun sintezlanadi. Shunga qaramay, lipidlarni o´z vaqtida parchalaydigan va hazm qilish jarayonini katalizlaydigan ferment- oshqozon osti bezi lipazasi. Bu ferment oshqozon-ichak traktida faol bo´lmagan ko´rinishda (prolipaza) sintezlanadi. Prolipaza o´t kislotalari va kolipaza fermenti yordamida faollanadi. Oshqozon osti bezi lipazasi jigar o´t suyuqligi bilan emulsiyalangan yog´larga ta'sir etadi. Shuningdek oshqozon lipazasi tributirin yog´larini, lingval lipaza ko´krak suti yog´larini, jigar lipazasi xilomikronlarni va past zichlikka ega bo´lgan lipoproteinlarni parchalaydi. Bundan tashqari, lipaza to´yinmagan yog´ kislotalari, A,D,E,K vitaminlarini o´zlashtirishda va energiya almashinuvida ishtirok etadi.
|