Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




Download 4,64 Mb.
bet81/107
Sana01.07.2021
Hajmi4,64 Mb.
#15319
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Lipazalarni ishlatilishi

Lipaza biotexnologiyada ishlatiladigan eng muhim biokatalizatorlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda, hayvon organlaridan, o’simliklardan olinadigan lipazalarga qaraganda, mikroorganizm lipazalaridan foydalanish istiqbolliroq deb qaraladi. Bunga sabab nima?

Birinchidan, mikroorganizmlarni lipazalari juda katta xilma xillikka ega ekanligi bilan farqlanadi;

Ikkinchidan, ularni yuqori faollikka ega bo’lgan shaklda tayyorlash usullari ishlab chiqilgan;

Uchinchidan, bu fermentlarni ishlab chiqarish jarayonini genetik boshqarish imkoniyatlari bor;

To’rtinchidan, mikroorganizmlar sintez qiladigan lipazalar , hayvon yoki o’simliklarni lipazalariga qaraganda mustahkamroq, qulay va havfsiz hisoblanadi.

Mikroorganizmlar lipazalari sanoat miqyosida ishlab chiqarilganiga 10 yilga yaqin vaqt o’tgan bo’lsada, xamon bu ferment, biotexnologiya sanoatida eng muhim deb tan olinganicha qolib kelmoqda. Ammo butun dunyo bo’yicha bir yilda 2 milliard AQSH dollariga teng miqdorda lipaza sotiladi, bu esa yiliga sotiladigan fermentlarni 4% ni tashkil qiladi xolos (butundunyodayiliga 50-60 milliard AQSH dollariga teng bo’lgan ferment preparatlari sotiladi). Bu raqam boshqa gidrolazalarga (masalan:proteazalar, glikozidazalarga) nisbatan 10 marotabakamdir. Bu xolat lipazani sanoat miqyosida ishlatish hozircha boshlang‘ich bosqichda turganidan dalolat beradi. Shunga qaramay lipazalarni ishlatilish sohalari proteaza,glikozidazalarga qaraganda ko’proq. Shuning uchun ham lipazalarni o’rganishdan maqsad bu fermentni sotish emas, balki,uni xalq xo’jaligida ishlatish mumkin bo’lgan yangi sohalarini aniqlash bilan bog‘liq. Gen muxandisligi va fermentlar strukturasini aniqlashusullarini takomillashib borishi lipazani ishlatish sohalarini yanada kengayib borishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, lipazalar nafaqat triglitseridlarni va ularni hosilalarini murakkab efirlarini gidroliz qilish, balki ko’plab tabiiy bo’lmagan substratlarni atsillash, deatsillash reaksiyalarini ham kataliz qila oladilar. Lipazalarni substrat spetsifikligini kengligi, suvli va organik muhitlarda barqarorligi hamda bu fermentlarni har xil manbalardan ajratib olish imkoniyatlari ko’pligi, ularni ko’plab sohalarda, jumladan, tibbiyotda, oziq-ovqatda,kosmetikada, kiryuvishvositalari ishlab chiqarish sanoatida, organik sintezda va boshqa sohalarda ishlatish mumkinligini ko’rsatadi.

Hozirgi paytda, lipazalardan inson ehtiyoji uchun foydalanishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishdir.

Lipazalar, ovqat hazm qilish yo’lining kasalliklarini davolash, ortiqcha vazndan xalos bo’lish, ko’plab kasalliklarga tashxis qo’yish hamda organizmda engil so’rilib ketadigan parxezbop triglitseridlar olishda ishlatiladi. Masalan, ovqatdagi yog‘ni qonga so’rilishini engillashtirish maqsadida oshqozonostibezi kasallangan bemorlar ovqatlanganda pankreatit preparatlarini qabul qiladilar. Bu terapiyani kamchiligi shundan iboratki, pankreatit preparatlarini bir qismi ovqat hazm qilish sistemasining proteazasi ta’sirida va oshqozondagi kislotali muhitda qisman inaktivatsiyaga uchraydi. Hozirgi vaqtda pankreatik kasalliklarini davolash uchun ishlab chiqariladigan preparatlar tarkibida har xil lipazalar, jumladan inson oshqozonining rekombinant lipazasini ham saqlaydi. Bu lipazani uzun zanjirli va kalta zanjirli yog‘ kislotalariga bo’lgan spetsifikligi inson oshqozonidagi lipazaga nisbatan ancha yuqori bo’lganligi sababli inson organizmida lipidlarni so’rilishini kuchaytiradi.

Semirishni an’anaviy davolash usuli- organizmda yog‘ni so’rilishini nazorat qilishga asoslangan va bunga ovqat hazm bo’lishida ishtirok etuvchi lipazalarni faolligini pasaytirish (ingibirlash) orqali erishiladi. Streptomyces toxytricinedan ajratib olingan tetragidrolipstatin (TNL) preparati tibbiyot amaliyotida oshqozon lipazasiva oshqozon osti bezi lipazasi faolligini yo’qotish maqsadida ishlatiladi.

Qon zardobida lipaza faolligini aniqlash usulidan, pankreatit, peritonit, buyrakni surunkali ravishda yomon ishlashi kabi kasalliklarga tashxis qo’yishda foydalaniladi. Chunki,bu kasalliklarda qon zardobida lipaza faolligi oshib ketadi.


Download 4,64 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Download 4,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

Download 4,64 Mb.