Qondagi lipaza miqdorini kamayib ketishi
Qondagi lipazaning miqdori istalgan onkologik kasallikda (oshqozon osti bezining saraton kasalligi bundan mustasno)¸ shuningdek¸ organizmda triglitseridlar ko´p bo´lganda yoki giperlipidemiyada kamayib ketadi.Bundan tashqari lipazaning tanqisligi pankreatit kasalligini surunkali ko´rinishga o´tayotganligini bildirishi mumkin.
Lipazaning faollik darajasi erta tongda bemorning vena qon tomiridan olingan qon asosida aniqlanadi. So´nggi vaqtlarda lipaza faolligini aniqlashning ikki usuli keng qo´llanilmoqda; fermentativ va immuno kimyoviy. Shunday bo´lsada fermentativ usuldan ko´proq foydalaniladi.Chunki bu usulda immuno kimyoviy usulga nisbatan kam vaqt sarf bo'ladi va laboratoriya hodimidan yuqori malaka talab etilmaydi.
Esteraza, steapsin, glitserin efirlarining gidrolazasi-bular lipazaning sinonimlari.
Lipazaning tahlili oshqozon osti bezi kasalliklari, jumladan, o'tkir va surunkali pankreatit tashhisi uchun ishlatiladi.
|