Biosensorlarning ishlash printsipi




Download 4.64 Mb.
bet88/107
Sana01.07.2021
Hajmi4.64 Mb.
#15319
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
Biosensorlarning ishlash printsipi

Biosensorning ishlash printsipi juda oddiy. Jarayon yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. Biosensor eritmaga tushiriladi. Tekshirilayotgan modda diffuziya hodisasi hisobiga yarim o'tkazgich membranadan o'tadi. Modda elektrodga immobilizatsiyalangan ferment bilan birikkandan keyin fermentativ reaktsiya boshlanadi. Fermentativ reaktsiya harakteri ferment tabiatiga va uning katalitik faolligiga bog'liq. Reaktsiya mahsuloti biosensor displeyida qayd etiladi.



Biosensorni konstruktsiyalashda fermentni immobilizatsiyalash asosiy vazifa hisoblanadi. Quyidagi rasmda fermentlarni biosensorlarga immobilizatsiyalash usullari ko'rsatilgan.

Fermentlarni biosensorlarga immobilizatsiyalash usullari:



A – fermentni elektrod sirtiga kovalent bog'lash;

B – ferment molekulasini ichkarisidan «tikib» qo'yish;

C – tashuvchiga (elektrodga) adsorbtsiyalash;

D – ferment molekulalarini bir-biriga o'zaro kovalent bog'lab, ularni elektrodga ulab qo'yish;

E – polimer plyonkasiga kiritish.

52-rasmda ko'rsatilgan individual komponentlardan biosensor yasash mumkin. Hozirda amaliyotda aynan shunday biosensorlardan foydalanilmoqda. Lekin bunday biosensorlar kamchiliklardan holi emas; ularni tayyorlash qiyin. Bundan tashqari, agar elektrodga ulangan yarim o'tkazgich membrana qalin bo'lsa, biosensorning ishlashi sekinlashadi.

Mikroelektronika rivojlanishi bilan biosensorlarni yasashda yangi-yangi g'oyalarni paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Yangi biosensorlar biochiplar deb atalib, ular sensor sistemasi, transdyuser, analog-raqamli o'zgartirgich, analitik signalni o'lchovchi va natijalarni hisoblovchi mikroprotsessor bilan ta'minlangan.



Download 4.64 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




Download 4.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biosensorlarning ishlash printsipi

Download 4.64 Mb.