«BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI.
№
|
Tayyorlash bosqichlari
|
Yakka tartib
|
To’g’ri javob
|
Xato
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
6
|
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
8
|
|
|
|
|
9
|
|
|
|
|
10
|
|
|
|
|
«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba
Nazorat uchun savollar
1. Lipazalar.
2. Lipazalarning kimyoviy tarkibi.
3. Lipoliz jarayoniga ta'sir ko’rsatuvchi omillar.
4. Osh tuzi (NaCl)ni lipoliz jarayoniga ta'siri.
5. Kaltsiy ionlarini lipoliz jarayoniga ta'siri.
6. Boshqa ionlarni lipoliz jarayoniga ta’siri.
7. Safro kislotalarini lipoliz jarayoniga ta’siri.
8. Lipaza faolligini aniqlash usullari.
9. Lipazalarni ishlatilishi.
10. Qondagi lipaza miqdorini kamayib ketishi.
MASHG‘ULOT № 15
MAVZU: Amilaza fermentining kraxmal gidrolizidagi faolligini aniqlash
Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi: «BLITS – O’YIN» texnologiyasi.
Mashg‘ulot maqsadi: Amilaza fermentining faolligini aniqlash
Ishning olib borilishi
Kraxmal — yuqori tuzilishga ega bo‘lgan polisaxarid bo‘lib, o‘simliklarning asosiy zahira moddasi hisoblanadi. O‘simlik xujayralarida to‘planadigan kraxmal ma’lum o‘simliklarda ko‘p bo‘ladi. Masalan, kartoshkada, bug‘doyda, guruchda, suli va arpada ko‘p miqdorda to‘planadi. Kraxmalga boy bo‘lgan o‘simliklar oziq —ovqat sanoatining asosiy xomashyosi va manbai xisoblanadi.
Kraxmal donachalari 2ta komponentdan tuzilgan bo‘lib, amiloza va amilopektindan tashkil topgan. Amiloza issiq suvda yaxshi eriydi, amilopektin esa klestr hosil qiladi. Amiloza yod bilan ko‘k rang, aminopektin esa qizil — binafsha rang hosil qiladi. Amilozaning tarkibida D glyukoza bo‘lib, glikozid bog‘i bilan bog‘langan va to‘g‘ri zanjirli tuzilishga ega. Amilopektin esa xuddi o‘sha α—D— glyukozadan tuzilgan bo‘lib, lekin u shoxlangan zanjirli tuzilishga ega.
amilopektinning tuzilishi
Kraxmal tarkibida amilopektinning miqdori ko‘proq bo‘lib, 70 — 80 % ni tashkil qiladi.
Kislotalar yoki amilaza fermenti ta’sirida kraxmal parchalanib, oxirgi maxsulot sifatida α —D —glyukoza ajralib chiqadi.
(C6H1005)n + n H2O → (C6H1206)n
Gidrolizning oraliq mahsuloti bo‘lib, dekstrinlar hisoblanadi. Kislotali gidrolizda kraxmal glyukoza hosil bo‘lguncha parchalanadi. Fermentativ gidroliz natijasida maltoza disaxaridi hosil bo‘ladi. α —glyukozidaza (maltaza) fermenti ta’sirida maltoza gidrolitik parchalanib, 2 molekula glyukoza hosil bo‘ladi.
Kraxmal qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lmaganligi uchun Trommer, Nilander, Benedikte reaksiyalarini bermaydi.
kraxmal
Glikogen (hayvon kraxmali). Jigarda (
Kraxmalning fermentativ gidrolizi amilaza ishtirokida amalga oshadi. Amilaza so‘lakning tarkibida, oshqozon osti bezining suyuqligida, qonning tarkibida, jigarda, miyada bo‘ladi. Sanoatda amilazaning manbai bo‘lib, undirilgan don o‘simtalari, achitqilar va mog‘or zamburug‘ining mitseliylari xizmat qiladi.
Amilazaning α- va β- turi ma’lum. Bular bir-biridan ta’sir
qilish mexanizmi bilan farq qiladi . α-amilaza ta’sirida kraxmalning fermentativ gidrolizi dekstrinlar bosqichigacha davom etadi. Bunda maltoza kam miqdorda hosil bo‘ladi. Bundan keyin β-amilaza ta’sirida, asosan maltoza hosil bo‘ladi.
Maltoza maltaza fermenti ta’sirida ikki molekula α-D-glyukozagacha parchalanadi. Bundan tashqari kraxmalga glyukoamilaza fermenti ta’sir etishi mumkin. Bu ferment kraxmalni glyukozagacha parchalanishini katalizlaydi.
Kraxmalning fermentativ gidrolizi natijasida erkin glikozid gruppasining miqdori oshib boradi. Oxirgi mahsulot bo‘lgan glyukoza va maltozalar mis oksidini mis gidroksidigacha qaytarish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu protsessni Trommer, Benedikt yoki Nilander reaksiyalari yordamida tekshirib ko‘rish mumkin. Bu reaksiyalarning mohiyati uglevodlarni qaytarish xossasiga bog‘liqdir.
Reaktivlar: a) so‘lak (yangi so‘lak 10 barobar distillangan suvda suyultiriladi), b) 1%-li kraxmal eritmasi, v) iodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi), g) 5%-li o‘yuvchi natriy, d) 5%-li mis sulfat (SiSO4-5N2O).
|