Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




Download 4.64 Mb.
bet96/107
Sana01.07.2021
Hajmi4.64 Mb.
#15319
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
Biogaz olish uchun hom ashyo

Biogaz ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin bo'lgan organik chiqindilar ro'yhati:



  • qoramol go'ngi;

  • parranda go'ngi;

  • spirt ishlab chiqarishdan so'ng hosil bo'lgan donli yoki melassa13li barda;

  • pivo sanoati chiqindisi (arpaning qoldiqlari);

  • shakar olishda ishlatilgan qand lavlagi qoldilqari;

  • turli najosatlar;

  • baliq sehlari va qushhonalar chiqindilari;

  • o'tlar, ko'katlar;

  • maishiy chiqindilar;

  • sutni qayta ishlash zavodi chiqindilari (sut zardobi);

  • biodizel' sanoati chiqindilari;

  • sharbat sanoati chiqindilari;

  • suv o'tlari;

  • krahmal sanoati chiqindilari;

  • kartoshkani qayta ishlashdan keyin hosil bo'lgan chiqindilar;

  • chips ishlab chiqarish chiqindilari;

  • kofe sanoati chiqindilari

Biogaz faqat chiqindilardan emas, balki mahsus o'stirilgan o'simliklardan ham olinadi. Masalan, makkajo'hori, sil'fiy14, suv o'tlari. Bu kul'turalarning har bir tonnasidan 300 m3 gacha biogaz olish mumkin. Biogazning chiqish unumi hom ashyo turiga va hom ashyodagi quruq moddaning miqdoriga bog'liq. Yirik shohli qoramolning 1 tonna go'ngidan 50-65 m3 (uning 60% metan), 1 tonna o'simlikdan 150-500 m3 (70% metan) biogaz chiqadi. Biogaz eng ko'p chiqadigan hom ashyo - yog'. 1 tonna yog'dan 1300 m3 (87% metan) biogaz olinadi. Bugungi kunda fermentlar va ul'tra tovushli kavitatorlar15 yordamida hom ashyodan biogazning chiqish unumini oshirish yo'lga qo'yilgan. Shu sababli hozirda eng oddiy biogaz qurilmasida biogazning chiqish unumini 60% dan 95%gacha oshirish imkoni bor.

Biogazni hisob-kitob qilish uchun quruq modda (QM, nemischa varianti – TS ya'ni TrockenSubstanz) yoki quruq qoldiq tushunchasi kiritilgan. Chunki biomassadagi suv gaz hosil bo'lishida ishtirok etmaydi. Amalda 1kg quruq moddadan 300dan 500litrgacha biogaz olinadi. Ma'lum bir hom ashyodan qancha biogaz chiqishini bilish uchun tajriba o'tkazish yoki hom ashyodagi yog'lar, uglevodlar, oqsillar miqdorini spravochniklardan aniqlash lozim. Uglevodlar miqdori tekshirilayotganda ular qaysi guruhga mansubligiga ahamiyat berish shart. Masalan, fruktoza, saharoza, krahmal tez parchalanadigan uglevodlarga kiradi. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin kabi uglevodlar qiyin parchalanadigan uglevodlar toifasiga mansubdir. Biomassada qanday moddalar borligi va ularning miqdori aniqlangandan so'ng, hom ashyodan chiqishi mumkin bo'lgan umumiy gazning miqdorini topishni iloji bo'ladi. Avvallari biogaz ko'proq go'ngdan olinganligi hamda soha yahshi o'rganilmaganligi sababidan «hayvon birligi» degan tushuncha qo'llanilgan. Hozir esa biogaz organik hom ashyoning barcha turidan olinmoqda. Shuning uchun «hayvon birligi» atamasidan amaliyotda foydalanilmayapti.

Shahar ahlathonalaridan ko'pincha qo'llansa hid keladi. Bu ham biogazning bir turi hisoblanadi.



Download 4.64 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Download 4.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

Download 4.64 Mb.