Biogaz tarkibi va sifati
Biogaz 50-87% metan, 13-50% CO2, H2 va H2S lardan tashkil topgan. Biogaz CO2 dan tozalangandan keyin biometan olinadi. Biometan tabiiy gaz bilan bir hil, faqatgina ikkalasining hosil bo'lish sabablari har hil.
Biogazning asosiy qismini metan tashkil etgani uchun gazning sifati, unumi va miqdori tavsiflanayotganda bu ko'rsatkichlar metanga nisbatan olinadi. Gazlarning hajmi temperatura va bosimga bog'liq. Yuqori temperaturada gazlar kengayadi, issiqlik berish darajasi (kaloriyasi) esa aksincha kamayadi. Namlik ko'p bo'lsa ham gazning issiqlik berish darajasi kamayadi. Gazlarning chiqish unumi o'zaro taqqoslanganda temperatura 0°C, atmosfera bosimi 1,01325 bar, nisbiy namlikni 0% deb qabul qilish zarur. Biogaz ishlab chiqarishda o'lchov birligi sifatida 1kg quruq organik moddaga nisbatan litr (l) yoki metr kub (m3) qabul qilingan.
|