Biogaz tarihi
Insoniyat biogazdan foydalanishni juda qadimdan yo'lga qo'ygan. Eramizdan avvalgi birinchi mingyillikda hozirgi germaniya hududida ibtidoiy biogaz qurilmalari bo'lgan. El'ba daryosi yoqasidagi botqoqliklarda yashagan alemanlar suvga botgan daraht to'nkalarini ajdarholar deb o'ylashgan. Botqoqda hosil bo'lgan gazlarni ajdarhoning nafasidan chiqayapti deb o'ylaganlar. Alemanlar «g'azabnok ajdarhoni jahlidan tushirish» uchun botqoqqa qurbonliklar, oziq-ovqat tashlaganlar. Ular teridan chodir tikib, u bilan botqoqlikni ustini berkitganlar hamda teri quvurlar yordamida yashaydigan joylariga olib borganlar va uni yoqib egulik tayyorlaganlar. Egulik tayyorlashning boshqa yo'li bo'lmagan. Chunki botqoqliklarda quruq o'tin topish ancha mushkul ish edi.
XVII asrda bel'giyalik olim Yan Baptist Van Gel'mont parchalanayotgan biomassadan alangalanuvchi gaz ajralib chiqayotganini aniqladi.
55-rasm.. Yan Baptist Van Gel'mont. Kimyogar, vrach va fiziolog (1580-1644).
Alessandro Vol'ta (Italiya) 1776 yil parchalangan biomassa miqdori bilan ajralib chiqqan gazning miqdori orasida bog'liqlik borligini topdi. 1808 yil angliyalik ser Hemfri Devi biogaz tarkibida metan borligini aniqladi. Eng birinchi hujjatlashtirilgan biogaz qurilmasi 1859 yil Hindistonning Bombey shahrida qurilgan. Biogaz 1895 yil Buyuk Britaniyada ko'chalarni yoritish uchun ishlatilgan. 1930 yil biogaz ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf etildi.
56-rasm. Ser Hemfri Devi. Kimyogar, geolog va fizik (1778-1829).
57-rasm. Alessandro Vol'ta. Fiziolog, fizik va kimyogar (1745-1801).
|