|
Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari
|
bet | 5/10 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 244,15 Kb. | | #136472 |
Bog'liq elektronikaKuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari
Kuchaytiriladigan signal sinusoida yoki impuls ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Impuls deb kuchlanish yoki tokning biror o‘rnatilgan U0 yoki I0 qiymatidan qisqa vaqtli chetlashishlariga aytiladi. Chiqish signali shakli kirish signali shakli bilan bir xil (signal buzilmagan) yoki farqlanuvchi (signal buzilgan) bo‘lishi mumkin. Signal buzilishlari uning amplitudasiga hamda kuchaytirgich sokinlik nuqtasi (rejimi)ning tanlanishiga bog‘liq.
Kuchaytirgichning sokinlik rejimi deb kirish kuchlanishi UKIR va kuchlanish manbai qiymati YeM o‘garmas bo‘lgan holatga aytiladi. Ko‘rinib turibdiki, sokinlik rejimida tranzistor toklari qiymatlari ham o‘zgarmas bo‘ladi.
Kirish signalining berilgan shaklida sokinlik rejimi qanday tanlanishiga bog‘liq holda signal buzilishlari qiymatidan tashqari kuchaytirgichning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ham o‘zgaradi. Gap shundaki, kirish signali bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar tranzistorlarda kuchlanish manbai energiyasi sarf bo‘ladi va shunga mos quvvat sochiladi. Chiqish signali quvvatini kuchlanish manbaidan olinayotgan quvvatga nisbati FIK ni aniqlaydi:
, (2)
bu yerda, IChIQ.m, UChIQ.m – chiqish kattaliklar amplitudasi, YeM – kuchlanish manbai kuchlanishi, IO‘RT – o‘rtacha tok.
Kuchaytirgich kaskadlar nochiziqli buzilishlari FIK ularning statik uzatish xarakteristikalari asosida baholanishi mumkin. Ishchi nuqtaning joylashgan o‘rniga bog‘liq holda kuchaytirish sinflari A, V, AV va boshqa sinflarga ajratiladi. Ushbu sinflar FIKlarining maksimal qiymatlari va nochiziqli buzilishlar qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
A sinf kuchaytirgichlar. A sinf kuchaytirgichlarda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikaning kvazichiziqli sohasi o‘rtasida joylashadi (6a va b-rasmlar). Ushbu rejimda kirish signalining to‘liq davri davomida tranzistor chiqish zanjiridan tok oqadi. Nochiziq buzilishlar minimal (KG 1 %), chunki kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziqli sohasida yotadi. Agar (2) formulaga ; qo‘yilsa, FIK qiymati , ya’ni 25 % ni tashkil etadi.
a) b)
6-rasm. A sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.
A rejim kuchaytirgichlarda qyimati kichik bo‘lgani sababli, u kichik quvvatli kirish kaskadlarda ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, ularda KG muhim hisoblanadi.
|
| |