• Kombinatsiyalashgan (aralash)
  • Kuchaytirish koeffitsiyenti.
  • Analog elektronika




    Download 244,15 Kb.
    bet8/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi244,15 Kb.
    #136472
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    elektronika

    U1та

    UКУЧ

    v) g)

    9-rasm. Chiqishda: kuchlanish bo‘yicha (a), tok bo‘yicha (b) va kirishda: ketma-ket (v) va parallel (g) manfiy TA turlari.
    - tok bo‘yicha TA amalga oshirilganda TA zanjiri sxema chiqishiga RYu bilan ketma-ket ulanadi (9b-rasm). Buning uchun chiqish zanjiriga maxsus RTA rezistor ulanadi, bu rezistordagi kuchlanish pasayishi RYu yuklamadagi chiqish tokiga proporsional bo‘ladi.
    TA zanjirining kuchaytirgich kirishiga ulanish usuliga mos ravishda ketma-ket va parallel TAlarga ajratiladi:
    - ketma-ket ulangan TA amalga oshirilayotganda TA zanjiri kuchaytirgichning kirish tomonidan signal manbaiga ketma-ket ulanadi (9v-rasm);
    - parallel ulangan TA amalga oshirilayotganda TA zanjiri kuchaytirgichning kirish tomonidan signal manbaiga parallel ulanadi (9g-rasm).
    Manfiy TA signallarini kirish zanjiriga uzatish usuliga qarab uning turini quyidagi amaliy maslahatlar yordamida oson aniqlash mumkin. Agar TA signali tranzistor emitteriga (istokiga) uzatilsa, aloqa ketma-ket, agar bazaga (zatvorga) uzatilsa, aloqa parallel amalga oshirilgan bo‘ladi.
    Kombinatsiyalashgan (aralash) TA: bir vaqtda ham tok, ham kuchlanish bo‘yicha TA hamda bir vaqtda ketma-ket va paralle TA bo‘lishi mumkin. Turli ko‘rinishdagi manfiy TAga ega kuchaytirgichlarning to‘liq tuzilish sxemasi keltirilgan to‘rtta rasmdan ikkitasini ishlatgan holda hosil qilinadi.
    Manfiy TA kuchaytirgich parametrlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz.
    Kuchaytirish koeffitsiyenti. Kuchaytirgichda kuchlanish bo‘yicha manfiy TA mavjud bo‘lsin (9v-rasm). Keyingi ifodalarda, kirish va chiqish toklari hamda kuchlanishlar o‘zlarining o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bilan ko‘rsatilgan.
    UTAUChIQ. (3)
    TA kuchlanishi kirish kuchlanishidan ayiriladi, shuning uchun
    U1=UKIR – UTA= UKIRæUChIQ (4)
    yoki UKIR =U1 + æUChIK. (5)
    Agar TA mavjud bo‘lmasa, va kuchaytirgichning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti
    . (6)
    Manfiy TA mavjud bo‘lganda (5) ni e’tiborga olgan holda, quyidagiga teng bo‘ladi:
    KUTA= UChIQ / UKIR = UChIQ / (U1 + æUChIQ) .
    (6)ni e’tiborga olgan holda manfiy TA mavjud bo‘lganda kuchaytirish koeffitsiyenti
    KUTA = KU / (1+ æ KU). (7)

    (7)dan kuchlanish bo‘yicha manfiy TAda kuchaytirish koeffitsiyenti kamayishi ko‘rinib turibdi, lekin bir vaqtning o‘zida uning qiymati barqarorlashadi. æKU=100 bo‘lganda KU ning qiymati qandaydir sabablarga ko‘ra 50 % ga oshsin, lekin bunda KUTA bor-yo‘g‘i 0,2 % ga oshadi.


    1+ æKU =F yig‘indi manfiy TAning chuqurligi deb ataladi. Agar manfiy TAda æKU >>1 bo‘lsa, bunday TA chuqur manfiy TA deb ataladi. Chuqur MTAda kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha bo‘ladi:
    KUTA ≈ 1/ æ . (8)

    (8) dan juda muhim xulosa chiqadi. F>10 bo‘lganda KUTA faqat TA uzatish koeffitsiyenti æ bilan aniqlanadi va TAsiz holdagi kuchaytirish koeffitsiyenti KU ga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu, KUTA ga temperatura, parametrlar tarqoqligi, radiatsion nurlanish, eskirish kabi omillar ta’sir etmasligini anglatadi. Shuning uchun manfiy TA kiritilganda kuchaytirish koeffitsiyenti kamaysa ham, turli kuchlanish kuchaytirgichlarda keng qo‘llaniladi.


    Tok kuchaytirgichlarda asosan, tok bo‘yicha parallel manfiy TA qo‘llaniladi (9,g-rasm). Bunda TA kuchlanishi UTA , qo‘shimcha rezistor RTA orqali oquvchi, TA toki ITA ni hosil qiladi. Kuchay-tirgichning kirish zanjirida ITA va kirish signali toki qo‘shiladi. UTA=IChIQ·RTA, tok bo‘yicha teskari aloqa koeffitsiyenti esa æI . Tok bo‘yicha manfiy TA chuqurligi FI = 1 + æ KI ga teng.
    Tok bo‘yicha parallel manfiy TA asosan, tok kuchaytirgichlarda qo‘llanilgani sababli, tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KITA ga uning ta’sirini ko‘rib chiqamiz. (7)ga o‘xshab



    Download 244,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 244,15 Kb.