|
Kuchaytirgichlarda teskari aloqa
|
bet | 7/10 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 244,15 Kb. | | #136472 |
Bog'liq elektronikaKuchaytirgichlarda teskari aloqa
Teskari aloqa (TA) deb, kuchaytirgich chiqish zanjiridan kirish zanjiriga energiya uzatishga aytiladi. Chiqish signali kuchaytirgichning kirish zanjiriga to‘liq yoki qisman uzatilishi mumkin. Bitta kaskadni egallagan TA mahalliy, ko‘p kaskadli kuchaytirgichni butunlay egallagan TA esa umumiy deb ataladi.
Umumiy holda TA signali kirish signaliga qo‘shilishi yoki ayirilishi mumkin. Shunga qarab, mos ravishda, musbat va manfiy TAga ajratiladi. Agar kuchaytirgichning kirish signali va TA signali fazalari bir xil bo‘lsa, TA musbat, agar π burchakka farq qilsa, ya’ni fazalari teskari bo‘lsa, TA manfiy deb ataladi.
Manfiy TAning kiritilishi, tranzistor ishlash sharoiti o‘zgarganda, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti va boshqa parametrlari barqarorligini oshiradi. Bundan tashqari, manfiy TA kuchaytirgichning o‘tkazish polosasini oshirish imkonini beradi, nochiziqli buzilishlar darajasini pasaytiradi.
Manfiy TA kuchaytirgichlarda, musbat TA esa elektr signallar generatorlarida va maxsus elektron qurilmalarda ishlatiladi.
TAli kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 11.8-rasmda keltirilgan. Bu yerda, K – kuchaytirish koeffitsiyenti, TA zanjiri TA koeffitsiyenti æ bilan ifodalanadi. Chiqish signalinining qanday qismi kuchaytirgich kirishiga uzatilayotganini æ ko‘rsatadi.
Kuchaytirgichlarda manfiy TAning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. TA zanjiri kuchaytirgich chiqishiga qanday ulanganiga mos ravishda kuchlanish bo‘yicha va tok bo‘yicha TA amalga oshiriladi.
Чиқиш
алоқа
8-rasm. TAli kuchaytirgichning tuzilish sxemasi.
- kuchlanish bo‘yicha TA amalga oshirilganda TA zanjiri sxema chiqishiga yuklama bilan parallel ulanadi (9a-rasm). Bun-da TA kuchlanishi kuchaytirgich RYu yuklamasidagi kuchlanishga proporsional bo‘ladi;
a) b)
|
| |