• AV sinf kuchaytirgichlar.
  • D sinf kuchaytirgichlari.
  • Analog elektronika




    Download 244,15 Kb.
    bet6/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi244,15 Kb.
    #136472
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    elektronika

    V sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo‘ladi (7,a va b-rasmlar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli garmonik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi.
    a) b)

    7-rasm. V sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.


    Hisoblashlar ko‘rsatishicha, V sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo‘ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o‘rta va katta quvvatli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun V sinf afzalroq.


    Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri V sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. V sinf kuchaytirgichlarning kuchaytirilgan signallarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda V sinf amalda ishlatilmaydi.
    AV sinf kuchaytirgichlar. AV kuchaytirish rejimida ishchi nuqta berkitish chegarasida emas, balki EO‘ to‘g‘ri (zatvor-istok o‘tish teskari) siljitilgan sohada, A sinfidagiga qaraganda ancha kichik toklarda bo‘ladi.
    FIKi kichik bo‘lgani sababli A sinf mikroelektronikada kam ishlatiladi. V va AV sinflarning ikki taktli kuchaytirgichlari keng tarqalgan.
    D sinf kuchaytirgichlari. Ular impulsli quvvat kuchaytirgichlarda ishlatiladi. D sinf shuningdek, kalit rejim deb ham nomlanadi. Ushbu ishchi rejimda tranzistor faqat ochiq yoki berk holatda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday kuchaytirgich kaskadning FIK birga yaqin bo‘ladi.
    D sinfda ishlayotgan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi hamma vaqt to‘g‘ri burchakli impuls ko‘rinishiga ega bo‘ladi va kirish signalining kuchaytirilishi yoki uning davomiyligi yoki fazasi o‘zgarishi hisobiga amalga oshadi.



    Download 244,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 244,15 Kb.