Ananaviy hunarmandchilik bilan bog’liq bilim va tajribalar




Download 18.01 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi18.01 Kb.
#86945
Bog'liq
1 mavzu
Третий закон термо.призентация, Окислительно - восстановительные реакции, aaaaaaa, Fizika fanining boshqa fanlar bilan bog’lanish, Web dasturlash texnologiyelari-2020, yozma ish kolloid, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data, davron kazus javob, GAIBOV ZARIFJON, 2-Mavzu(1), 10-sinf-informatika, Sodda dinamik struktyradir, Access MB ochiq dars, Adoble photoshop, 2 5199598704025147487

Ananaviy hunarmandchilik bilan bog’liq bilim va tajribalar.
Reja:
1. Halq hunarmandchiligi haqida umumiy tushuncha.
2. Halq hunarmandchiligining tarixiy taraqqiyot bosqichlari.
3. O’zbek milliy halq hunarmandchilik turlari.
4. Ananaviy halq hunarmandchigini tiklash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar.
Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi. O’zbekistonda o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bu yerda ikki ming yillar muqaddam keng rivojlangan hunarmandchilik mavjud ekanligini isbotladi. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan ( 20-asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.
An'anaviy hunarmandlikka oid bilim va ko’nikmalar misolida kashtado’zlik, zardo’zlik, quroqchilik, kandakorlik, gilamchilik, do’ppido’zlik, qo’g’irchoqsozlik, kulollik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, hunarmandlikning boshqa yo’nalish va turlariga oid tajriba, bilim va ko’nikmalarni kuzatishimiz mumkin bo’ladi.
O’zbek milliy halq hunarmandchillik turlari: Kashtachilik tarixi, foydalaniladigan materiallar, asbob uskunalar, kashta tikish texnologiyasi; zardo’zdlik va unda foydalaniladigan materiallar, asbob uskunalar zardo’zlik tikish usullari va texnologiyasi; do’ppichilik tarihi va taraqqiyoti, o’lchov olish va andoza tayyorlash, foydalaniladigan jihoz va uskunalar, do’ppi tikish usullari va tayyorlash tehnologiyasi; quroq tikish usullari, gazlama tanlash, andoza tayyorlash, tikish tehnologiyasi; duradgorlik va yog’och o’ymakorligi tehnologiyasi; chilangarlik, pichoqchilik, sandiqdo’zlik, naqqoshlik tehnologiyasi.
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika birinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" tanlovining gʻolibi deb topildi.
Download 18.01 Kb.




Download 18.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ananaviy hunarmandchilik bilan bog’liq bilim va tajribalar

Download 18.01 Kb.